Paxtagul: buyumlarda ushbu bezak qanday ishlatilmoqda?
Iplar va munchoqlar yordamida ochilayotgan paxta chig‘anoqlari.
Paxta – O‘zbekistonning milliy iftixoridir. Mamlakatda paxta yetishtirish tarixi 2000 yil oldinga borib taqaladi. Paxta xalq orasida “oq oltin” deb ataladi va undan tayyorlangan matolar nozik tolalari sababli o‘ziga xos sifati va qulayligi bilan ajralib turadi.
“Paxtagul” bezaklari – “paxta guli” – dastlab oshxona anjomlari uchun ishlatilgan: 70 yildan ortiq vaqt davomida choynak, kosa, tovoq va laganlar naqshida paxta guli viqor bilan aks ettirilgan. Xalqning to‘rt bargli oq paxta gulli naqshga bo‘lgan mehriga dizaynerlar ham e’tibor qaratishmoqda. Haqiqiy paxta nafaqat bezak sifatida ishlatilmoqda, balki unga butun kolleksiyalar bag‘ishlanmoqda.
Siz an’anaviy munchoqdan qilingan ko‘k va oq piyola naqshlarini oddiy futbolkalarda va sport kostyumlarida ko‘rishingiz mumkin. Paxta naqshining o‘zi ko‘pincha so‘zanalarda uchraydi. Bulut yoki muzqaymoqqa o‘xshab ketadigan oq “uyalar” shaklidagi naqshlar mashhurlikning yangi cho‘qqisiga erishdi – ular yubkalar, sumkalar va shlyapalarga tushirilmoqda.