Polо: 2024-yil yoz mavsumining asosiy trendi
Tenniskorga salom
Tenniskor, inflyuyenserlarning qalblarini larzaga solishda davom etmoqda. 2024-yil yoz mavsumining moda ishqibozlari safidan oʻrin olish uchun garderobingizni keng yubkalar, boshga taqadigan tasmalar va “polo” futbolkari bilan boyiting.
Miu Miu, Carolina Herrera, Celine toʻplamlarining dizaynerlari “polo”ni rasman eng dolzarb “must have”lardan deb eʼlon qildi. Dolzarb modellar ham tanaga yopishgan holda, ham keng bichimga ega koʻrinishda boʻlishi mumkin. Eʼtiborni yumshoq trikotaj matodan boʻlgan “polo”ga qaratgan joiz.
Rangiga keladigan boʻlsak, bir xil tusdagi, moviy, toʻq qizil, sargʻish va mayin pushti ranglardan yoki qarama-qarshi tusga ega gorizontal chiziqlardan iborat boʻlgan modellarni tanlagan afzal.
Yeng va tugmali yoqaga ega boʻlgan toʻgʻri bichimdagi “polo”, XX asrda, fransuz tennischisi Rene Lakost tomonidan faol namoyon qilina boshlaganda paydo boʻlgan. U oʻz oʻrni bilan “Lacoste” brendining asoschisi hisoblanadi. Rene moda olamida haqiqiy revolyutsiyani amalga oshirgan.
Oldin xuddi hozirgidek, “polo” shim va yubkalar ichiga qatlangan. Ularni ham yengil qiyofalar bilan, ham ishbilarmon uslubidagi koʻrinishlar bilan uygʻunlashtirish mumkin. “Polo” har qanday liboslar bilan uygʻun kela oladi: shorti-bermudalar, qalamsimon yoki ballon-yubkalar, jinsi matosidan bel oʻrni pastroq (nizkaya posadka) yoki “wide leg” fasonidagi shimlar. Tenniskor estetikasida mukammal koʻrinish yaratish uchun, plissirovkalangan yubka, “polo” hamda qulay krossovkalar va retro-uslubida kedalar kiyish kerak boʻladi.