Porlash vaqti

2024-yilni maroq bilan kuzatamiz

29 Dek 2024
foto: instagram, @zehrasebnemgursu

Yangi yil arafasida har bir detal muhim ahamiyatga ega: bayramona makiyaj, mukammal bezak va ajoyib obraz butun tunning ohangini belgilab beradi. ELLE O‘zbekiston tahririyati yilning eng muhim oqshomi uchun to‘rtta zamonaviy uslubni taqdim etdi.

Glitter

Glitter allaqachon yangi yil pardozining ramziga aylanib ulgurgan. Bu mavsumda yirik jilvalar, yorqin teksturalar va nozik aksentlarni tanlang.

Zarlarni ko‘z qovoqlariga va yonoqlarga, xaylayter sifatida qo‘llashingiz mumkin. Esda tuting: eng muhimi – nafislik. Makiyajni tun bo‘yi benuqson saqlash va keraksiz to‘kilishlarning oldini olish uchun glitterni yupqa qatlam bilan surting.

Nyud pardoz

Tabiiy go‘zallikni afzal ko‘radiganlar uchun, nyudli makiyaj mukammal tanlov bo‘ladi. Bu Xeyli Biberning nafis qiyofasi: qovoqlari mayin pushti shimmer, lablar uchun yaltiroq layt va “yog‘du” effekti bilan mukammal namlangan teri. Bunday makiyaj nafis va zamonaviy ko‘rinadi, ammo terini puxta tayyorlashni talab qiladi. Bayramga bir kun qolganda teri po‘stini ketkazuvchi muolajani bajaring va to‘yimli niqobni surting, makiyajdan oldin esa intensiv namlash uchun zardob va kremdan foydalaning.

Beg‘ubor shu’la

Soyalarning metall ranglari - Yashil Yog‘och Ilon yiliga mukammal mos keladigan yangi yil pardozining abadiy mumtoz namunasi. Ko‘zlaringizni kumush, oltin yoki zumrad tuslar bilan belgilang, omad va hayratli nigohlarni jalb qiling.

Gollivud klassikasi

Qizil yoki alvon – bu nafosatning o‘zgarmas timsolidir. Labda pomada mukammal turishi uchun avval parvarishdan boshlang: ko‘z va teri ustida ishlanayotganda, lablarga namlantiruvchi balzam surting. Bunday qiyofada yuzning bir tekis tusda bo‘lishiga erishish muhim – yengil, yaltiroq tonal krem sizning asosiy yordamchingizga aylanadi. Yakunlovchi shtrix – eski Gollivud uslubidagi ko‘z chiziqlari. Mukammal chiziqlar yaratish uchun o‘zingizga qulay mahsulotni tanlang: fetr uchli layner yoki mo‘yqalamli professional ko‘z qalami.

2025-yilni o‘zingizni maftunkor his etgan holda kutib oling, chunki bayram sehri sizdan boshlanadi!

Maqolani baham ko'ring

Related articles