Qishki sovuq to‘siq bo‘lolmaydi: bardoshli soch turmagining sirlari
Maslahatlar va eng yaxshi vositalar
Qishda sochlarimiz, ayniqsa, harorat o‘zgarishlari, quruq havo va statik elektrlanish ta’siriga uchraydi. Soch turmagi tez buziladi, soch tolalari esa itoatsiz bo‘lib qoladi. Bu muammolarni qanday yengish va qanday qilib mukammal soch turmagini saqlab qolish mumkin? ELLE O‘zbekiston sizga qishda foydali bo‘ladigan maslahat va tavsiyalarni taqdim etadi.
To‘g‘ri parvarishdan boshlang
Sog‘lom sochlarsiz chiroyli turmak yaratib bo‘lmaydi. Qishda sochlarning qurishini oldini oladigan namlovchi shampunlar va konditsionerlarni tanlang. Argan, jojoba yoki keratin moylari qo‘shilgan vositalardan foydalaning – ular qo‘shimcha himoyani ta’minlaydi.
Termo himoya – majburiy bosqich
Fen, dazmol yoki ployka ishlatishdan oldin albatta issiqlikdan himoyalovchi sprey yoki kremni surting. Ular sochlarni yuqori haroratdan himoya qiladi va sinishni oldini oladi. Moroccanoil Perfect Defense kabi ajoyib vositalarni tanlang.
Uzoq muddatli mustahkamlik
Soch turmagi kun davomida shaklini saqlab qolishi uchun kuchli fiksatsiyali stayling vositalaridan foydalaning. Yengil muss yoki turmak kremi hajm hosil qilishga yordam beradi, lak esa natijani mustahkamlaydi. Mashhur vositalar:
- Wella Professionals EIMI Extra Volume Mousse – hajm uchun
- Schwarzkopf Professional Osis+ Session Label Super Dry Fix – yakuniy fiksatsiya uchun
Antistatik – elektrlanishdan himoya
Xonalardagi quruq havo tufayli qishda sochlar tez-tez zaryadlanadi. Bunga qarshi kurashish uchun antistatik sprey yoki zardoblardan foydalaning. Misol uchun, Redken Frizz Dismiss Instant Deflate
Yangi va hajmdor turmak uchun quruq shampun
Qishda sochlar hajmini tez yo‘qotadi. Quruq shampun yengil ko‘tarilish effekti va yangilik berib, sizning haloskoringizga aylanadi. Batiste Dry Shampoo’ni sinab ko‘ring
Foydali maslahatlar:
- Soch turmagini yaratgandan so‘ng darhol bosh kiyimini kiymang – sochlar to‘liq sovishini kuting.
- Ortiqcha ishqalanish va zaryadlanishning oldini olish uchun tabiiy matolardan tayyorlangan bosh kiyimlarini tanlang.
- Silliqlik va himoya uchun soch uchlariga yengil moy surtib, turmagingizni yakunlang.