Ralph Lauren bahor-yoz 2025 kolleksiyasini taqdim etdi
Brendning barcha yo‘nalishlari birlashtirilgan
Bahor-yoz 2025 kolleksiyasi taqdimoti Bridgehampton ot fermasida bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma doirasida Ralph Lauren barcha yo‘nalishlarini bir maydonda birlashtirdi: Ralph Lauren Collection, Ralph Lauren Purple Label va Polo Ralph Lauren.
Naomi Campbell, Christy Turlington, Lucky Blue va boshqa ko‘plab modellar sut rangidagi erkaklar kostyumlarida, organzadan tikilgan etagi yerga teguvchi liboslarda, erkin bichimli oq ko‘ylaklar bilan shimlarda, tor sviterlar bilan birgalikda kiyilgan smoking va kargo shimlarda hamda oq mayka ustidan kiyilgan qimmatbaho toshlar qadalgan popukli yubkalarda podiumga chiqishdi.
Poyabzallar safiga bosonojkalar, RL brendi logotipi tushirilgan baxmal loferlar, to‘qilgan sandaliyalar va espadrillar qo‘shildi.