Retro krossovkalar: kelajakka qaytish

Yangi bir juft “eski” krossovkalar

30 Yan 2025
foto: miumiu.com

Retro-estetika nafaqat kiyimlarga, balki poyabzallarga ham faol tarqalmoqda. Buning yorqin misollaridan biri krossovkalar trendidir. Bunda o‘tgan yillarning mashhur modellarini maxsus vintaj do‘konlaridan izlash shart emas. Dizaynerlar yangi “eski” krossovkalarni muvaffaqiyatli taqdim etishmoqda va o‘tgan asr xitlarining dizaynini qayta talqin qilishmoqda. Bunday variantlar juda ko‘p, faqat tanlov qilish qoladi.

Onitsuka Tiger Mexico 66

Yo‘lbars chiziqli sariq krossovkalar (“Billni o‘ldirish” filmidagi Uma Turman kiygan kabi) dastlab Yaponiyada yugurish modeli sifatida yaratilgan. Ular 1966-yilda Mexikoda bo‘lib o‘tgan musobaqada ilk bor taqdim etilgan va nomi ham shundan kelib chiqqan, ammo 1978-yildagina ramziy ahamiyat kasb etgan.

Hozirgi kunda bu model yana ommalashib, har bir moda influyenserining garderobida mavjud.

foto: farfetch.com

foto: Instagram/linda.sza

Adidas SL 72

Krossovka dizaynidagi eski trendlarning moda maydoniga qaytishi haqida so‘z yuritganda, Adidas modelini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.

Ular dastlab yugurish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bugungi kunda kundalik kiyim uslublarining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ularni rasmiy kostyumlar bilan ham, yonbosh chiziqlari bor shimlar bilan ham, romantik yubkalar bilan ham, hatto ko‘ylaklar bilan ham didga solishadi. Qaysi variantni tanlamang, ular kiyim uslublarini yaratishda sevimli tanlov vositasiga aylanishga da’vogardir.

foto: adidas.com

foto: instagram/oliviapezzente

Miu miu x New Balance

Retro-effektning o‘ziga xos xususiyati – bu eski va go‘yo “hayot ko‘rgan” ko‘rinishdir, xuddi bir juft krossovka buvimizning shkafidan garderobga ko‘chib o‘tgandek. Jigarrang zamsha bu vazifani a’lo darajada bajaradi! Bunday modelga misol sifatida Miu miu va New Balance brendlarining mashhur hamkorligidagi kolleksiyani keltirish mumkin. Shunga o‘xshash namunalarni Jeffrey Campbell va Zara do‘konlarida ham topish mumkin.

foto: miumiu.com

foto: instagram/marianne_theodorsen

Puma Palermo Special Sneakers

Puma krossovkalari 50 yildan oshiq vaqtdan beri o‘z dolzarbligini yo‘qotmay, bozorda sotilishda davom etmoqda. Masalan, Palermo Special Sneakers ham an’anaviy, ham yorqin ranglar to‘plamini taklif etadi. Ularning yorqin ranglari 80-yillarning neon yorug‘lik lavhalaridan ilhom olingan.

foto: farfetch.com

foto: instagram/puma

Maqolani baham ko'ring

Related articles