Reychel Skott, Ralf Loren va Entoni Vakkarello CFDA Fashion Awards 2026 mukofotlarini qo‘lga kiritdi

Nyu-Yorkda Amerika moda sanoatining yetakchi ijodkorlari taqdirlandi.

04 Noy 2026
CFDA Fashion Awards trophy

Nyu-Yorkdagi Amerika tabiiy tarix muzeyida CFDA Fashion Awards 2026 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kechaga aktrisa Keke Palmer boshlovchilik qildi. Mukofotlarni Anna Vintur, Lupita Niongo, Naomi Osaka va Demi Mur kabi taniqli mehmonlar topshirdi.

Diotima asoschisi Reychel Skott ayollar kiyimlari bo‘yicha yilning eng yaxshi amerikalik dizayneri deb topildi. Erkaklar kiyimlari yo‘nalishida Ralf Loren, aksessuarlar yo‘nalishida esa Ana Xouri g‘olib bo‘ldi. Yosh iste’dodlar uchun mukofot Kollin Allenga nasib etdi.

Lupita Niongo, Reychel Skott va Fransisko Kosta
Lupita Niongo, Reychel Skott va Fransisko Kosta. © BFA
Naomi Osaka, Ana Xouri va Jozef Altuzarra
Naomi Osaka, Ana Xouri va Jozef Altuzarra. © BFA
Gabriela Herst, Kollin Allen va Koul Eskola
Gabriela Herst, Kollin Allen va Koul Eskola. © BFA
Roze, Zoi Kravits, Entoni Vakkarello va Heyli Biber CFDA Fashion Awards 2026 marosimida
Roze, Zoi Kravits, Entoni Vakkarello va Heyli Biber CFDA Fashion Awards 2026 marosimida. © BFA

Entoni Vakkarello yilning xalqaro dizayneri deb e’tirof etildi. Saint Laurent kreativ direktoriga mukofotni Heyli Biber, Roze va Zoi Kravits topshirdi.

Tori Berch ijobiy o‘zgarishlar uchun Positive Change mukofoti bilan taqdirlandi. Fotograf dueti Inez van Lamsverde va Vinud Matadin esa faoliyati davomida moda sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun mukofot oldi.

Maqolani ulashish