Samarqand Parijda
Parij ko‘chalaridan biri madaniyat poytaxti sharafiga nomlandi

Parijda Fransiya poytaxtining ko‘chalaridan biriga Samarqand nomini berish marosimi rasman o‘tkazildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidenti va Parij shahri meri Ann Idalgo shaharsozlik, “yashil” hududlar yaratish, jamoat transportini rivojlantirish, raqamlashtirish, shuningdek, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va barqaror foydalanish bo‘yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, o‘zaro ko‘rgazmalar, madaniyat va san’at kunlari, sayyohlik va gastronomik festivallar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.