Savitskiyga yangicha nigoh: Toshkentda multimedia ko‘rgazmasi ochildi

«Savitskiy kundaliklari: Qadimiy va navqiron» loyihasida rangtasvir, musiqa, yorug‘lik va harakat birlashadi

30 Okt 2026
Посетители на мультимедийной выставке «Дневники Савицкого: Старое и новое» в Tashkent City Mall

Markaziy Osiyo san’ati yangicha formatda: Tashkent City Mall’da «Savitskiy kundaliklari: Qadimiy va navqiron» multimedia ko‘rgazmasi ochildi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF) tomonidan Aziza Izamova kuratorligida tashkil etilgan loyiha mintaqaning badiiy merosiga yangicha qarashni taklif etadi.

Bu yerda rangtasvir musiqa, yorug‘lik va harakat bilan uyg‘unlashadi. Bunday format Igor Savitskiy kolleksiyasi bilan vizual hikoya orqali tanishish, XX asr Markaziy Osiyo badiiy an’analarining bugungi kun bilan bog‘liqligini kuzatish imkonini beradi.

Loyiha markazida rassom, kolleksioner va Nukusdagi san’at muzeyi asoschisi Savitskiyning hayoti va merosi turadi. Ekspozitsiya o‘z umrini san’at asarlarini asrashga bag‘ishlagan inson haqida ko‘proq bilishga va u jamlagan kolleksiyani qaytadan kashf etishga chorlaydi.

Ko‘rgazma 24-oktabrda ochildi va 2027-yil 24-yanvargacha davom etadi. Manzil — Tashkent City Mall’ning ikkinchi qavati. Chiptalar iTicket’da sotiladi.

ACDF materiallari asosida.

Maqolani ulashish