Schiaparelli 2025-yil bahor-yoz kolleksiyasi namoyishini o‘tkazdi
Syurrealizmning yangi talqini
Daniel Rozberri bahor-yoz mavsumi turkumini Future Vintage deb atadi. Schiaparelli kreativ direktori o‘ziga sodiq qoldi: kundalik hayotga ekssentrik notalarni olib kirdi.
Kashtalar o'rniga Rozberri teksturalar va material bilan ishlashga e’tibor qaratdi. Polo trikotaj ko'ylagining yubka qismi esa yig'iladigan bo'ldi. Daniel ko‘ylaklarni korsetlarning bir qismi sifatida qayta ko‘rib chiqdi. Ulkan chaqmoqli jemperlar esa tez fursatlarda urfga aylandi.
Schiaparelli kolleksiyasidagi jinsilar korset futbolkalarning bir qismiga aylandi, yengi keng jaketlarga yoqalar tikildii, bomber-kurtkalar va syurrealistik chaqmoqlar hajman kattalashdi. Rozberri o'z yubkasini yoqali trikotaj sviterga o'xhsatib tikdi, uzun ko‘ylak va mini-ko‘ylaklarini esa qavariq gullar bilan bezadi.
Klassik liboslarning o‘rniga Schiaparelli kreativ direktori gazlamadan bluzkalarni, galustuk o'rniga esa baliq skileti ko'rinishidagi tumor taklif qiladi.