Senga kerak yagona narsa bu muhabbatdir

John Lennondan ruhlantiruvchi iqtiboslar

foto: Peter Fordham, 1971

Agar biror britaniyalikdan barcha davrlarning eng buyuk va ahamiyatli shaxsi haqida so‘ralsa, bu ro‘yxatda John Lennonning ismi ham, albatta, bo‘ladi. Sozanda, xonanda, bastakor, rassom, yozuvchi va jamoatchilik faoli Lennon musiqa va san’at tarixida o‘chmas iz qoldirgan.

foto: Bernard Gotfryd

Afsonaviy Beatles guruhining asoschisi va a’zosi, shuningdek, XX asrning eng mashhur rok musiqachilaridan biri bo‘lgan John butun dunyoda tinchlik, barcha odamlarning tengligi, har bir shaxsning erkinligi va umuman ijod kurashchisi edi. Musiqachi 60-70-yillarda millionlab odamlarning qahramoni bo‘lgan. Bugunga qadar insoniyatning eng muhim shaxslaridan biri bo‘lib qolmoqda.

The Beatles, 1963

Biz John Lennonning hozir ham dolzarb bo‘lgan bir nechta muhim iqtiboslarini to‘pladik:

foto: the United States Library of Congress’s Prints and Photographs division

“Istasangiz, urush tugaydi”

“Halollik sizga ko‘p do‘st keltirmasligi mumkin, biroq u eng haqiqiylarini olib keladi”

“Tinchlik shunchaki orzu emas: bu siz yaratgan narsangiz, nima qilayotganingiz, nima ekanligingiz va nima berayotganingizdir”

“Yoshingizni yillar bilan emas, do‘stlar bilan hisoblang. Hayotingizni ko‘z yoshlar bilan emas, tabassumlar bilan o‘lchang”

“Agar siz go‘zal va yuksak bir ish qilayotgan bo‘lsangiz-u, buni hech kim sezmasa, xafa bo‘lmang: quyosh chiqishi – umuman dunyodagi eng go‘zal manzara, lekin ko‘pchilik bu vaqtda hali uxlayotgan bo‘ladi”

“Har bir erkak uchun harakatlantiruvchi kuch – bu ayol. Ayol bo‘lmasa, hatto Napoleon ham oddiy ahmoq bo‘lardi”

“Biz baxtni izladik va o‘zimizni topdik”

“Tasavvur qiling-a, butun insoniyat totuvlikda yashaydi”

Maqolani baham ko'ring

Related articles