Shades Of
Kontrastlar bo‘ylab sayohat

Moda – bu biz uslubning turli qirralarini o‘rganadigan va har bir uyg‘unlik inson xarakteri aksiga aylanadigan ranglar va kayfiyatlarning cheksiz o‘yini.
Shades Of Elegance
So‘zlardan balandroq jaranglaydigan minimalizm. Bu yerda ortiqcha detallar yo‘q – faqat sof chiziqlar va benuqson bichim, unda soddalik haqiqiy hashamatga aylanadi. Yengil ohanglar, nafis matolar, tabiiy yengillik – barchasi soxtalashtirib bo‘lmaydigan didning ifodasidir.

Ko‘ylak Stefano de Lellis

Ko‘ylak Cettina Bucca, trench Labo Art, tufli Ovye, sumka Bottega Veneta found on Vinted, sirg‘alar Radá
Shades Of Mystery
To‘q va chuqur ranglar o‘z ichida butun bir olamni yashiradi. Bu obrazlarda jumboq va jo‘shqinlik, kontrastlar o‘yini va fakturalar uyg‘unligi mujassam. Keskin siluetlar yumshoq matolar bilan birikib, qudrat va noziklik o‘rtasidagi mukammal muvozanatni yaratadi. Bu – sokin gapiradigan, ammo e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan moda.

Top va shorti Drumhor, bomber Gucci found on Vinted, kolgotkalar Calzedonia, oyoq kiyim Ovye, taqinchoq Radá

Barcha obraz Alma Sanchez
Shades Of Confidence
Tushuntirish talab qilmaydigan uslub. U trendlarga ergashmaydi – aksincha, ularni o‘zi yaratadi. Puxta o‘ylangan siluetlar, sodda detallar, chiziqlarning aniq geometriyasi – bu qiyofalarda har qadamda namoyon bo‘ladigan ishonch mujassam.

Shim Levis, top Bottega Egnazia, sirg‘alar Radà

Barcha obraz RADÁ
Shades Of Movement
Moda – bu har doim harakat. To‘xtatib bo‘lmas vaqt, mato va shakllarda mujassamlashgan energiya. Bu yerda yengillik va dinamika, erkinlik va ifoda uyg‘unlashadi. Klassika zamonaviylik bilan tutashib, ortidan ergashga undaydigan betakror ritmni yaratadi.

Barcha obraz balestra

Top Relish, Marjon Radá
Shades Of – bu uslub orqali shaxsiyatni ifodalash, unda moda har doim o‘zligimizni saqlagan holda bizga turfa qiyofalarda namoyon bo‘lish imkonini beradi.
- Fotograf: SATTA ALESSIO (esattalessio)
- Stilist: GIADA CUBEDDU (@giadacubeddu.stylist)
- Model: MARTINAL A MANNA (@malamannaa)
- Vizajist: LAURA RANDAZZO (@laurarandazzo.mua)