Shimmering shine
Porlash va yaltirash faqat bayramlar uchun emas

Bu yoz nafaqat ayollarga xos siluet va ranglarni, balki yana bir feminin (jozibador) trend - kundalik hayotda ham yaltiroq ko‘rinishlardan iborat bo‘lishini belgilamoqda.

Foto: Spotlight / Ami Paris
Yaltiraydigan hamma narsa oltindir
Tilla rangdagi ko‘rinish ham bazmga, ham har kunga to‘g‘ri keladi. Hajmli aksessuarlar haqida ham unutmaslik kerak, shuningdek ko‘rinishga maksimallikni qo‘shishdan cho‘chimasligimiz lozim.

Foto: Spotlight / Louis Vuitton

Foto: Spotlight / Ralph Lauren

Foto: Spotlight / Ulla Johnson
Suv parisi tangachalari
Payetkalar (tangachalar) faqatgina yangi yil bazmlari uchun emas. Jahon podiumlari kundalik hayotda ham payetkali kiyimlar kiyishni taklif etadilar. Bunday ko‘rinish quyoshda tovlanayotgan tonggi shudringni eslatadi.

Foto: Spotlight / Coperni

Foto: Spotlight / Coperni

Foto: Spotlight / Rabanne
Kumush va bronza
Ranglar kamalagida bir dona qimmatbaho metal bilan chegaralanmaymiz. Kumush va bronza tusidagi ranglar nafaqat yozgi ko‘rinishlarga mos tushadi, balki butun yil davomida aktual bo‘lib qoladi.

Foto: Spotlight / Stella McCartney

Foto: Spotlight / Akris
Ikkinchi teri
Qaymoq rangdagi burmalar, tovlanib turuvchi xira yaltirash go‘yoki tana bo‘ylab xaylayter surilgandek ko‘rinish hosil qiladi. Bunda chiroy, joziba va hissiyotlilik aks etadi.

Foto: Spotlight / Christian Siriano

Foto: Spotlight / Christian Siriano
Bir jilo bilan bog‘langan
Lurex va yaltiroq iplar bilan to‘qilgan retro uslubidagi narsalar – o‘tmish ohangiga qo‘shilgan yorqinlik kabidir.

Foto: Spotlight / Missoni

Foto: Spotlight / Chanel
Hamma gap detallarda
Qo‘lda tikib chiqilgan yaltiroq biser va shisha bezaklar ko‘rinishga e’tiborni tortishga va har bir naqshlarga nazar solishga undaydi.

Foto: Spotlight / Gucci

Foto: Spotlight / Blumarine
Muhimi – muvozanat
“Yaltir-yultir”ni klassik rubashka va kundalik longsliv bilan susaytirishga harakat qilamiz.

Foto: Spotlight / Michael Kors

Foto: Spotlight / Des_Phemmes