2024 – yil yozida qanday shortlar kiyish kerak
O‘yin qoidalari o‘zgardi
2024 – yil yoz mavsumi uchun zamonaviy shortilarni tanlash vaqti keldi. Bir necha yillar mobaynida rad etib kelinayotgan modellar, hozir urfda. Va bu ro‘yxatda, tizzagacha bo‘lgan shortilardan tortib ultrakalta va sport uslubidagi deyarli hamma turdagi shortilar jamlangan. ELLE barchasi haqida birma – bir aytib beradi.
Bermudalar
Bel kengligi erkin va kostyum matosidan tikilgan shortilar qulaylik va qat’iylik uchun javob beradi. Ammo 90 – yillar bermuda (uzunligi tizzagacha bo‘lgan shorti)si visual ravishda bo‘yni past ko‘rsatish xavfi ham bor. Shu sababdan, oyoq kiyim masalasiga alohida eʼtibor qaratish joiz: siluetni uzaytirish uchun, eng yaxshi tanlov baland poshnali poyafzallar boʻla oladi, qulaylik boʻyicha esa baletkalar yoki Meri Jeyn uslubidagi tuflilar toʻgʻri keladi. Katta ko‘rinishga ega poyabzallarni boshqa ko‘rinishlar uchun saqlab qo‘ygan maqul.
To‘qilgan shortilar
Boho uslubi yuraklarni zabt etishda davom etmoqda. Trend shortilarning ro‘yxatini to‘qilgan turdagi modellarisiz shakllantirib bo‘lmaydi. Mahsulotning bir xil rangdagi naqshlariga, faktura (yuzasi)ni belgilovchi bezaklariga e’tibor bering. Ular “baza” ustki kiyim bilan juda mos keladi.
Mikroshortilar
Mikroshortilar har xil bo‘lishi mumkin: ichki kiyimni eslatib turuvchi modellardan tortib, odatiy shortilarga qaraganda biroz qisqaroqlarigacha. Ularni kundalik ko‘rinishlar qatoriga kiritishning iloji bor deyish amri mahol. Lekin qalin matodan tikilgan kostyumbop mikshortilarni ko‘rib chiqish mumkin.
Ularni katta ko‘rinishga ega poyabzal va jiddiy ustki kiyim bilan moslashtirish mumkin.
Yo‘l-yo‘l chiziqli shortilar
Qarshingizda 2024 – yil yozining eng mashhur shortisi. Chiziqlari mayda va farqli rangda bo‘lishi kerak. Bog‘ichli yoki rezinkali modellarga e’tibor bering, ular uy kiyimini eslatadi. Shu bilan birga ular zamonaviy va shahar hayoti doirasida ma’lum darajada qiziqarli ko‘rinadi. Ularni polo, bosma rasmli futbolkalar yoki trikotaj toplar bilan moslashtirib kiyish lozim.
Sport uslubidagi shortilar
“Tenniskor” uslubining ommalashuvi inflyuyenserlar (nufuzli shaxslar) e’tiborini sport shortilariga qaratdi. Bu uslub o‘z navbatida lampas (yon tomonlari chiziqli) shimlar tendensiyasining mantiqiy davomi bo‘lishi mumkin. Bunday shortilarni uslublashda ranglaro‘yinidan (farqli ranglardan) foydalanish juda qo‘l keladi.
Jinsi matoli shortilar
Denim (jinsi mato) hech qachon must-have (bo‘lishi shart)lar sahifasini tark etmaydiganga o‘xshaydi. 2024 – yil bahor va yoz mavsumida bermuda shortilarining ommalashuvi kuzatilmoqda. Mazkur uslubning murakkabligi shundaki, ko‘rinishning har bir elementlariga alohida e’tibor berish kerakligidir. Qalin matodan tikilgan kiyimlar ko‘rinishni og‘irlashtirishi, yengillari esa uni yanada uyg‘unlashtishi mumkin.