Sky Camp O‘zbekiston tog‘larida bo‘lib o‘tadi

Xayriya marafoni Bo‘stonliq tumanida tashkillashtiriladi

Фото: PR-служба Фонда развития культуры и искусства Узбекистана

29 va 30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida “Sky Camp Bo‘stonliq 2024” marafoni bo‘lib o‘tadi. Tog‘ sporti festivali “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya maafonlari turkumiga kiradi.

 Tog‘ sporti festivali quyidagilardan iborat:

  • Sky Camp BIKE — tog‘li yo‘lda velosiped poygasi. Masofa 13,5 km, ko‘tarilish 691 m;
  • Sky Camp TRAIL — treyl-poyga 10 km masofaga va 20 km ko‘tarilish bilan birga 619 va 1238 m;
  • Sky Camp PEAK — skayranning Amirsoyning pastki bekatidan yuqori bekatigacha 4,2 km masofaga 724 m ko‘tarilish bilan birga;
  • Sky Camp ZEN — o‘zida yugurish, yoga va meditatsiyani birlashtiradi;
  • 2 kunlik plogging (kamdan-kam o’tkaziladigan chiqindi yig’ish poygasi);
  • “Tesla Boy” guruhi konserti.

Shuningdek, ishtirokchilar “Samarkand Marathon” hamkorlari tomonidan tashkil etiladigan ko‘ngilochar tadbirlardan ham bahramand bo‘lishadi.

Samarkand Marathon sayti orqali “Sky Camp Bo‘stonliq 2024” uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin.



Maqolani baham ko'ring

Related articles