Swarovski’dan “Masters of Light”
Gollivuddagi ko‘rgazma

Zargarlik brendi o‘zining 130 yilligini yorug‘lik, moda va kinoga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma bilan nishonlamoqda. Vena, Milan va Seuldan so‘ng ko‘rgazma 28-oktyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma g‘oyasini Swarovski’ning ijodiy direktori Jovanna Engelbert ishlab chiqqan bo‘lib, britaniyalik moda jurnalisti Aleksandr Fyuri esa uning kurator vazifasini o‘z zimmasiga olgan.
“Masters of Light — bu 130 yillik quvonchni dunyo bilan birgalikda nishonlashimizdir. Bu Swarovski’ni belgilab beradigan san’at, mahorat va yorug‘likka ehtiromimiz ifodasidir”, – deya ta’kidladi kompaniya bosh direktori Aleksis Nasard.