Abadiy muhabbat ramzi
Muhim lahza uchun uzuklar

Unashtiruv yoki to‘y uchun uzuk tanlayotganda, u nafaqat lahzaning ahamiyatini ta’kidlashi, balki abadiy sevgi ramzi bo‘lib qolishini istaymiz. Dunyoning eng yaxshi zargarlik uylari nafislik, mahorat va afsonaviy dizayn uyg‘unlashgan kolleksiyalarni yaratmoqda.
Bvlgari MarryMe Ring
Dumaloq brilliantli platinadan tayyorlangan sodda uzuk. Zamonaviy, ammo nafis dizayn italyan mahoratining abadiyligini aks ettiradi.

foto: bulgari.com
Carrera y Carrera Fleur De Lis
Infinito to‘plami sevgining barcha ko‘rinishlarini ramziylik va chuqur ma’no bilan to‘ldirilgan nafis taqinchoqlar orqali ifodalaydi. Atirgullar, tariq va alanga go‘zallik, kuch va ehtiros timsollarini aks ettirib, muhabbat va yagonalikning abadiy ramzlarini yaratadi.

foto: Majesty
Cartier Love Ring
Vint dizaynli afsonaviy Cartier uzugi eng mashhur zargarlik buyumlaridan biridir. U 1970-yillarda Nyu-Yorkda yaratilgan bo‘lib, cheksiz muhabbat va sadoqat ramziga aylangan.

foto: cartier.com
Chaumet Joséphine Aigrette
Markaziy brilliantli toj shaklidagi dizayn Napoleon Bonapartning birinchi rafiqasi imperatritsa Jozefina uslubidan ilhomlanib yaratilgan. Zargarlik durdonasi qirollik tiaralarining nafisligi va zamonaviy jozibani uyg‘unlashtirgan bo‘lib, uni unashtiruv yoki maxsus tadbir uchun ideal bezakka aylantiradi.

foto: chaumet.com
Damiani D.Side Wedding Band
Bred Pitt bilan hamkorlikda yaratilgan minimalistik model ikki sevishgan qalb o‘rtasidagi birlik va abadiy bog‘liqlikni ifodalaydi. Oq, sariq va pushti oltindan yasalgan, atrofi brilliantlar bilan bezatilgan ijro cheksizlik va abadiy bog‘liqlik g‘oyasini ta’kidlaydi.

foto: Majesty
Graff Promise Ring
Sevgi va sadoqatning buzilmas va’dasi yirik brilliantli platina gardishda mujassamlangan – benuqson kesim, oq, sariq yoki pushti oltindan yasalgan silliq gardish yorqin hoshiyani yaratadi. Uzuk unashish marosimi uchun ham, to‘y marosimi uchun ham mos kelib, lahzaning ahamiyati va his-tuyg‘ularning chuqurligini ta’kidlaydi.

foto: graff.com
Roberto Coin Love in Verona
Abadiy muhabbat shahri Veronaning boy madaniy merosidan ilhom olgan bezak klassik nafislik va zamonaviy zargarlik san’atini uyg‘unlashtiradi. Uzuk ichidagi yoqut toshi — brendning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi.

фото: Majesty
Tiffany & Co. Setting Engagement Ring
Birinchi marta 1886-yilda taqdim etilgan uzuk zargarlik olamida haqiqiy inqilob yasab, brilliantni mahkamlashning yangi konsepsiyasini taklif qildi. Tiffany Setting’ning klassik dizayni oltita nozik tirnoqcha bilan ajralib turadi, ular olmosni mahkam ushlab turadi va unga har tomondan yorug‘lik kirishiga imkon beradi.

foto: tiffany.com