Tashkent City Mall: o‘zgacha taassurotlar makoni
Shahar xaritasidagi yangi diqqatga sazovor joy
Tashkent City Mall o‘z mehmonlariga katta shahar hayotining barcha eng yaxshi imkoniyatlarini, hatto undan-da ko‘prog‘ini taqdim etadi. Bu makon dinamika, shaxsiy, oilaviy va ishbilarmonlik muloqotlari uchun sharoit hamda yangi, unutilmas taassurotlarni uyg‘unlashtirgan fazodir.
Bu savdo markazida kunni qanday o‘tkazganingizni sezmay qolasiz. Kunni soat 8:00 da eshiklarini ochadigan Befit Sky’da ruhiy va jismoniy parvarish bilan boshlang. Tashkent City bog‘iga qaragan holda ertalabki mashg‘ulotni o‘tkazgandan so‘ng, xushbo‘y qahva bilan nonushta qilish uchun qulay qahvaxona yoki restoranlardan birini tanlashingiz mumkin. Nonushtadan keyin keng galereyalar bilan tutashgan keng atriumlarda sayr qiling. Bu yerda tor yo‘laklar yo‘q – Tashkent City Mall maydoni yorug‘lik va havo bilan to‘lgan.
Eng yaxshi xalqaro va mahalliy brendlar kolleksiyasi taqdim etilgan do‘konlardan birida o‘z qiyofangizni yarating yoki to‘ldiring. Do‘konlarning konsepsiyalari O‘zbekiston an’analariga alohida e’tibor qaratgan holda Tashkent City Mall uchun maxsus ishlab chiqilgan. Bu boshqa hech qayerda uchramaydigan yechim.
Do‘konlarni aylanib chiqib, o‘zingizga yoki sovg‘a uchun biror narsa tanlaganingizdan keyin savdo markazidagi rang-barang taomlar olamiga sho‘ng‘ishingiz mumkin. Ishbilarmonlik uchrashuvini shinam qahvaxonalarning birida o‘tkazishingiz, turli ta’mlar, xushbo‘y hidlar va uslublarning uyg‘unligidan esa restoranlarning birida bahramand bo‘lish imkoniyati mavjud. Makon yaratuvchilari yana bir ajoyib g‘oyani amalga oshirishgan – parkka qaragan ochiq ayvonlar tashkil etilgan.
Gastronomik lazzatlardan so‘ng multimedia ko‘rgazmasiga tashrif buyurib yoki yangi kinolarni tomosha qilib, hissiy quvvat olish foydalidir. Agar bolalar bilan kelgan bo‘lsangiz, Sky Park’ka boring. Bolalar ko‘p funksiyali maydonchada vaqt o‘tkazayotganda, siz texnika, uy jihozlari va bezak buyumlarini xarid qilishingiz mumkin. Qaytib kelgach, bolalaringizga qo‘shiling va birgalikda vaqtingizni maroqli o‘tkazing.
Kunni Tashkent City bog‘ining qoq markazida ochilgan manzarali ko‘rinishga ega ayvonda yakunlashingizni tavsiya qilamiz. Maxsus taassurotlar hududi haqiqatan ham odamni lol qoldiradi. Loyiha bor-yo‘g‘i yarim yillik bo‘lsa-da, shu qisqa muddat ichida bu yerga 6 milliondan ortiq mehmon tashrif buyurishga ulgurdi. Bu esa hali boshlanishi, xolos.