ELLE jamoasi

ELLE O’zbekiston jamoasi haqida

O’zbekiston ayollari uchun №1 media platforma jamoasi haqida.

Yangilangan: 7 iyunda ELLE jamoasidan

ELLE ga xush kelibsiz!

ELLE – bu moda, go‘zallik, madaniyat va turmush tarziga o‘ziga xos yondashuvi bilan mashhur bo’lgan xalqaro brenddir. Bizning vazifamiz – sizning o’ziga xosligingizni ta’kidlaydigan va o’zingizga, qobiliyatlaringizga va uslubingizga ishonishingizni oshirishda yordam beradigan ilhom va foydali maslahatlarni siz bilan baham ko’rishdir.

Biz siz uchun hattoki eng kichik tafsilotlargacha o’ylab chiqilgan, manfaatlar bilan qiziqishlar bir joyda jamlangan, yuqori moda tendensiyalari kundalik hayotga osongina moslashtirilgan o’zingizni erkin va ishonchli his qila oladigan kontent yaratishga intilamiz

Muhabbat va ehtirom ila,

 

 

BIZNING VAZIFAMIZ

ELLE O’zbekiston – o‘zbek tilida gapirishni boshlagan birinchi ayollar uchun xalqaro brend hisoblanadi. Modaga e’tibor qaratgan holda, biz zamonaviy jamiyatni aks ettiramiz, mushtariylarimizni tendentsiyalar, go’zallik, turmush tarzi va madaniyatga yo’naltiramiz va ilhomlantiramiz.

Biz global ilhomni jalb qilamiz, eng yaxshi jahon amaliyotlariga e’tibor qaratamiz va ularni mahalliy bozorga moslashtiramiz. ELLE O‘zbekiston jamoasi O‘zbekiston ayollarini ilhomlantirish, mahalliy iste’dodlarni izlash va rivojlantirish hamda sifatli jurnalistika g’oyasini  targ‘ib qilishga intiladi.

JAMOA

Oleg Drobot

CEO ELLE Oʻzbekiston

Multipreneur, moda va musiqa sohasidagi iste'dodlar ustozi, xayriyachi. O’z iste'dodiga ishonish muvaffaqiyatli karyera kaliti deb hisoblaydi. Va uning shiori bu aynan hozir o’zingizni maksimal darajada anglashingiz mumkin bo'lgan vaqtdir.

Natasha Kasatkina

PUBLISHER, FASHION DIRECTOR

Moda olami mutaxassisi, Talent Management Company – Gemina.Corp asoschisi, xalqaro brendlar bilan ishlashda ko'p yillik tajribaga ega professional model. O'zining shaxsiy misolida kumirlar yaratishingiz emas, balki o'zingizni ustingizda ishlash qanchalik muhim ekanligini ko'rsatib kelmoqda.

Janna Varnavskaya

STYLE DIRECTOR

Janna odamlarni, ularning o'zaro munosabatlarini va qiziqishlarini kuzatishni yaxshi ko'radi. Uslubiy Direktor/Stil-direktor o’laroq ajoyib didga ega va urflar va yangi trendlarni his qila oladi.

Rushana Mamadalieva

Editor-in-Chief

Rushana is the Editor-in-Chief, shaping the vision and direction of the publication. She continues to spotlight important and engaging topics for Uzbekistan, highlighting key events and remarkable personalities. Alongside her editorial work, she is also building her own clothing brand. An introvert who somehow knows half the city.

Lyubov Tigay

COO

Lyubov is the COO, ensuring seamless operations and strategic growth of the company. With a sharp eye for efficiency and innovation, she keeps everything running smoothly. A natural problem-solver and leader, she balances structure with creativity to drive success.

Veronika Varvianska

ART DIRECTOR

Veronika ELLE Oʻzbekistonning barcha ko’rgazmali/vizual va gʻoyaviy mazmuni uchun javobgar shaxsdir. U dizayn, brending va jamoani boshqarishda katta tajribaga ega. U hozirda bir vaqtning o’zida ikki mamlakatda yashab kelmoqda: Ukrainada va Londonda.

Elena Grebenyuk

FINANCE DIRECTOR

Elena byudjetni rejalashtirish va biznesni rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Butun ELLE Oʻzbekiston jamoasi bilan doimo aloqada bo’ladigan inson. Excelda murakkab shakllarni yaratish uning uchun maroqli hordiq hisoblanadi, qandolatchilik bilan esa o’zgacha ishtiyoq bilan shug’ullanadi

Tatyana Miroshnikova

CHIEF REVENUE OFFICER

U hamkorlik aloqalarini o'rnatish va ELLE Oʻzbekiston brendini rivojlantirish ustida ish olib boradi.

Gulsanam Xalmurаdova

CULTURE EDITOR

Gulsanam “Madaniyat” bo‘limi muharriri, ko‘pchilikni Sharq madaniyatiga mehr qo‘yishiga sabachi bo’lgan san’atshunos. Bundan tashqari u - besh farzand onasi, bo’sh vaqtlarida kitob va videolarga ovoz berish va xorda ashula kuylashni yaxshi ko’radi.

Shodiya Hamidullayeva

LIFESTYLE EDITOR

Shodiya zamonaviy tendentsiyalar, qiziqarli layfhaklar va maslahatlarni yoritish bilan birga, "Hayot tarzi" bo'limi mushtariylarini qiziqtiradigan jabhalarni juda yaxshi biladi. Uning ish kuni bir finjon qahvasiz boshlanmaydi .

Fotima Abdiyeva

WEDDING EDITOR

Fotima ijtimoiy ko‘nikmalari, halolligi va jamoada ishlash qobiliyati tufayli har qanday vazifani oson uddalay oladi. U sport bilan shug‘ullanishni va turli xil madaniyatlarni o‘rganishni yaxshi ko‘radi, bu esa uning o‘zini rivojlantirish va dunyoni kashf etishga bo‘lgan intilishida namoyon bo‘ladi.

Аnna Sadriyeva

LITERARY EDITOR

U yuqori darajadagi muloqotchanlik, moslashuvchanlik, savodxonlik va o‘z ishiga samimiy muhabbatga ega. Jurnalistika va ta’lim uning kasbiy tajribasining asosini tashkil etadi. Bo‘sh vaqtlarida Anna kitob mutolaa qilishga va tog‘larga sayr qilishga vaqt ajratadi.

 


NEGA AYNAN ELLE?

ELLE – bu yosh yoki status emas, aksincha fikrlash uslubidir. Biz atrofimizga iqtidorli, aqlli va zamonaviy ayollarni to’playmiz hamda ularni yanada rivojlanishga undaymiz va buni amalga oshirish uchun ilhom va kuch topishda yordam beramiz.

ELLE qisman reklama orqali qo’llab-quvvatlansa-da, bizning kontentimiz mustaqil ravishda yaratiladi va jurnalistika standartlariga to’liq javob beradi.


ELLEDA KARYERA

Bizning jamoamiz har doim turli sohalarda: marketing, savdo, ishga jalb qilish bo’yicha mutaxassislardan boshlab mualliflar, fotosuratchilar, rejissyorlar va videograferlargacha bo’lgan yangi iste’dodlarni qidiradi.

Agar siz ELLE O‘zbekistonning bir qismiga aylanishni xohlasangiz rezyume, portfolio yoki eng sara ishlaringizning namunalarini quyidagi elektron pochta orqali yuboring:

[email protected]