Tenniskor: katta sportga qaytish
Zamonaviy va qulay
Eng zamonaviy sport turi bu albatta tennis. Sportchi ayollarning uzun ko‘ylaklari kalta shortilar, polo futbolkalarga almashib, bugungi kunda eng zamonaviy qizlar garderobidan joy oldi.
Boshga va bilakka kiyagidgan aksessuarlar ham inflyuyenserlar obrazining doimiy elementiga aylandi.
Bu sport turini Malika Diana, Farrah Fawsett (Fara Foset) va Jacqueline Kennedy (Jaklin Kennedi) kabi ayollar yoqtirgan edi va bu tennisni undanda mashhur qilgan edi. MiuMiu, Loewe yoki Lacoste brendlarining to‘plamlarida liboslaringiz uchun sport stiliga urg‘u beradigan buyumlarni topishingiz mumkin.
Tenniskorni garderobga kiritishning eng oson yo‘li bu tennis yubkasini eslatadigan, yoki polo-ko‘ylak va molniyada ochilib yopiladigan svitshot kabi buyumlarni sotib olishdir. Bunday buyumlar tennis sporti uchun har kunlik forma turiga kiradi. Kiyim tanlashda nafaqat oq ranglarga, balki ko‘k va to‘q yashil ranglardagi buyumlarga ham e’tibor bering.