“The Sands of Time”

Qoraqalpog‘istondagi konsert

Foto: UZNEWS.UZ

Qoraqalpog‘istondagi qadimiy Chilpiq yodgorligi bag‘rida ilk bor “The Sands of Time”
(“Vaqt qumlari”) nomli keng ko‘lamli ochiq osmon ostidagi konsert o‘tkazildi. Rossiyalik pianist Kirill Rixterning chiqishiga O‘zbekiston milliy simfonik orkestri jo‘rnavozlik qildi. Konsert Sharq she’riyati, etnik ohanglar va simfonik musiqani uyg‘unlashtirib, asrlar va madaniyatlar orasida ko‘prik yaratdi.

“Bu Sharqning buyuk shoirlari – Bobur, Navoiy, Xayyom, Nodira ijodidan turtki olgan betakror voqea. U ma’naviy uyg‘onish va madaniy birlikning ramziga aylandi. Dunyoni hayratga soluvchi g‘oya!” – deya ta’kidladi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

Maqolani baham ko'ring

Related articles