Toshkentda italyan modasi namoyishlari 

Alta Moda

28 Sen 2025
Foto: altamoda.dolcegabbana.com

9-11-oktyabr kunlari Click kompaniyasi Tashqi ishlar vazirligi va Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida italyan yuqori modasiga bag‘ishlangan Alta Moda turkum tadbirlarini tashkil etadi. Loyiha kuratori Gattinoni uyining faxriy prezidenti Stefano Dominella.

Dasturdan namoyishlar, ko‘rgazma va badiiy chiqishlar o‘rin olgan. Ishtirokchilar orasida: Guillermo Mariotto, Saman Loira, Francesca Liberatore, Gianfranco Fusco, Gianpaolo Zuccarello, Antonio Marino, Kostyum va moda akademiyasi hamda Modateca Deanna ham bor. Shuningdek, mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida dasturda o‘zbekistonlik dizayner Azucar Moreno‘ning ishtiroki ham ta’minlangan.  Tadbirlar A.Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida hamda Nest One‘ning 41-qavatida bo‘lib o‘tadi. Dasturni Fellini, Bergman, Hepburn va Loren filmlaridagi obrazlar bilan "Italiya - bu moda" ko‘rgazmasi ochib beradi. Modartech talabalari an’ana va tajriba kesishgan nuqtada yuzaga kelgan “jonli manzara”ni namoyish etadilar. Loyiha Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles