Tuganmas go‘zallik
U sumkachangizda ko‘p joy egallamaydi, yengil ifor beradi, terini namlantiradi: namlantiruvchi spreyni tanlaymiz.
Zavqli parvarish
Bir vaqtlar biz yozni termik suvsiz tasavvur qila olmasdik – uni doimo o‘zimiz bilan olib yurardik, samolyot salonida va plyajda ham o‘zimiz bilan olib borardik. Termal spreylarning aniq foydasi hali ham kosmetologlarning munozaralariga sabab bo‘lishiga qaramay, bu beauty-odatga aylandi. Termal suv ochiq havoda, issiqda va ko‘p miqdorda qo‘llanilganda terining haddan tashqari qurishiga, shamollashiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uni xonada bo‘lganingizda sepgan ma’qul.
Sprey tarkibini diqqat bilan o‘rganing – termal manbalardan olingan suvlar tarkibiga kiruvchi faol mineral komponentlar terining yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qadrli do‘stim
Termal suvdan tashqari terini namlash uchun qo‘shimcha vositalar – mistlar paydo bo‘ldi. Ular ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning to‘plamlarida mavjudligi bejizga emas – qulayligi va samaradorligi evaziga ular bilan kamdan kam narsalar taqqoslanadi. Mistlar nafaqat jaziramada salqinlanish imkonini beradi, balki ularning tarkibida gialuron kislotasi va boshqa samarali komponentlar ham mavjud.
Yoningizda namlantiruvchi sprey bo‘lishining yana bir foydali tomoni shundaki, krem yoki zardobdan farqli o‘laroq, uni sutkaning istalgan vaqtida qo‘llash qulaydir. Buning uchun spreyni sumkadan olasiz, bir martagina bosasiz va sizning teringiz foydali moddalarning dozasini oladi. Spreylardagi faol ingrediyentlar konsentratsiyasi kichik va ular, odatda, terining fotosezgirligini chaqirmaydi. Shuning uchun ularni plyajda quyoshning faol vaqtida ham ishlatish mumkin.
Yengil sprey
Mistlar orasida parfyumeriya spreylari alohida o‘rin tutadi. Sprey an’anaviy parfyumdan nimasi bilan farq qiladi? Spirtning past konsentratsiyasi tufayli xushbo‘y sprey juda yengil hid beradi, teri va sochlarni quritmaydi. Spreyni tanangiz va sochlaringizga erkin harakat va nafislik bilan bemalol seping. Foydalaridan tashqari, bunday beauty vositalarida dinamika va yengillik ham mavjud. Shuning uchun ularni yoqtirib qolishimiz tabiiy.