Turistik manzillardan uzoqda: Shimol sarguzashtlari

Skandinaviya, Farer orollari va Islandiya bo‘ylab noyob nuqtalar

Fotо: Unsplash

Skandinaviya yarimoroli, Farer orollari va Islandiya bo‘ylab sayohat – bu sayyoramizning eng go‘zal va olis burchaklari bilan tanishish imkoniyati. U yerdagi manzaralar tund qo‘ltiqlardan tortib vulqonlar va muzliklargacha o‘zgarib turadi. Bunday sayohat yangi ufqlarni ochadi va asosiy boylik tabiat bo‘lgan dunyoda o‘zini tadqiqotchi sifatida his qilish imkonini beradi.

Skandinaviya yarimoroli

Yarimorol mamlakatlari sayyohlarga kichik shaharlar va zamonaviy infratuzilma, shuningdek, ajoyib tabiiy va madaniy diqqatga sazovor joylaga tashrif buyurishni taklif qiladi. Norvegiya o‘zining Geyrangerford va Sogneford kabi ulug‘vor qo‘ltiqlari bilan mashhur. Suv go‘yo qudratli tog‘lar, sharsharalar va bepoyon kengliklar bilan o‘ralgan qoyalarga singib ketayotgandek tuyuladi.

Shvetsiya o‘z o‘rmonlari va ko‘llari bilan maftun qiladi, ular kempingga juda mos keladi va shovqin-suronlardan uzoqda dam olishga yordam beradi. Ko‘plab orollar uzra tarqalgan va ko‘priklar orqali birlashgan go‘zal Stokgolm shahriga tashrif buyurishni unutmang. Daniyada qadimiy qasrlar, zamonaviy joylar va dengiz manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin. Aynan shu Yevropa mamlakati o‘zining shinam va ertaknamo shaharchalari bilan mashhur. 

Fotо: Unsplash

Fotо: Unsplash

Farer orollari

Farer orollari shimoliy mamlakatlar tabiatini sevuvchilar va Skandinaviya madaniyatini qadrlovchilar ta’biga mos keladi. Bu yerda yam-yashil tepaliklar, okean bag‘riga tutashib ketgan tik qoyalar va yovvoyi plyajlar ko‘p. Eng hayratbaxsh joylardan biri Atlantika okeaniga quyiladigan Mulafosur sharsharasidir. 

Fotо: unsplash

Fotо: Unsplash

Islandiya

Tabiat hodisalarining xilma-xilligi bilan hayratga soladigan mamlakat. Bu yerda siz harakatdagi vulqonlarni, ulkan muzliklarni va issiq buloqlarni (geyzerlarni) ko‘rasiz. Eng hayratlanarli joylardan biri Yokulsarlon muzlik lagunasi bo‘lib, u yerda aysberglar cheksiz okean fonida feruza suvlarda suzib yuradi.

Fotо: Unsplash

Fotо: Unsplash

Maqolani baham ko'ring

Related articles