Vera Wang va David‘s Bridal yana birga

Vera Wang Bride

14 Sen 2025
fotо: Instagram / verawang

2026-yildan boshlab David‘s Bridal Vera Wang Bride to‘plamining yagona ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisiga aylanadi. Oradan besh yil o‘tgach Wang yana eng yirik to‘y liboslari salonlari tarmog‘i hisoblangan David‘s Bridal bilan hamkorlikni tikladi.

To‘plam barcha do‘konlarda va internet orqali sotuvga chiqariladi, to‘y liboslarining narxi esa $2,000 dan $6,000 gacha bo‘ladi. Vera Wang Haute premium yo‘nalishi mustaqilligicha qoladi va bevosita Wangning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladi. Hamkorlik doirasida to‘ylarni rejalashtirishga yordam beruvchi Pearl Couture sun’iy intellekt vositasi yaratiladi. Shuningdek, Vera Wang White mini to‘plami qayta chiqariladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles