Visa Fashion Week Tashkent: Street Edit
Toshkent Visa Fashion Week Tashkent podiumidan tashqarida qanday moda yaratganini ko‘ramiz

Moda haftaligi davomida uslub hamma joyda: podiumda ham, undan tashqarida ham ko‘zga tashlandi. Visa Fashion Week Tashkent doirasidagi stritstayl shahar modasining ko‘zgusiga aylandi - madaniy kodlarni global moda tendensiyalari bilan uyg‘unlashtirgan, jonli, dadil.

Foto: Sergey Pogosyan

Foto: Sergey Pogosyan

Ko'ylak Demn22, Foto: Sergey Pogosyan

Foto: Sergey Pogosyan

Foto: Sergey Pogosyan
Moda haftaligi mehmonlari ranglardan qo‘rqmasdan, to‘qimalar va bezaklar bilan tajriba o‘tkazib, kombinatsiyalarga bo‘lgan ishonchlarini namoyish etishdi. Bu yerda yozgi ko‘p qatlamlilik ham, qayta talqin qilingan vintage ham, va albatta, DNKmizga ildiz otgan sharqona unsur ham mavjud edi.
Hamma narsa bor edi: qora-oq yaxlit ko‘rinishlar ham, boshdan-oyoq pastel ranglar ham, neon ham, to‘q tuproq ranglari ham. Ammo eng muhimi – bu o‘z qiyofasi orqali o‘zini namoyon qilish istagi va jasoratni his etish. Ranglar tasodifan tanlanmagan, ular turli kayfiyat, fe’l-atvor va ishonchni ifodalardi.

BARCHA OBRAZ TEPLO STORE TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN Materia Fashion Store, Sharf Dilnoz, Sumka Sundial, bosh kiyim Ice Hot; stilist Regina Bikulova; Foto: Sergey Pogosyan

BARCHA OBRAZ TEPLO STORE TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN Materia Fashion Store, Korset, qo‘lqop Dilnoz, ko'ylak Eclata; Foto: Sergey Pogosyan

Barcha obraz Lali Fashion; Stilist Regina Bikulova; Foto: Sergey Pogosyan

Foto: Ilya Semendeev

Foto: Ilya Semendeev

Foto: Ilya Semendeev
An’anaviy naqshlar, bezaklar, etnik aksessuarlar, ro‘mollar, do‘ppilar va milliy kiyim-kechak unsurlari ham e’tibordan chetda qolmadi. Kimdir urbanizmga qarama-qarshi o‘ynadi, kimdir retro ruhida uslublashtirdi, lekin eng muhimi – biz hududning madaniy kodi modaga urg‘u berayotganini ko‘rdik. Ko‘zlar uchun haqiqiy zavq.

Foto: Sergey Pogosyan

Foto: Sergey Pogosyan

Foto: Ilya Semendeev