Hamkasblar bilan yangi yil bazmiga nima kiyib borish kerak
Bayramona tadbirga mos libos tanlaymiz

Hamkasblar bilan yangi yil bazmi – yil yakunini hamkasblar davrasida nishonlash va o‘z uslubingizni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat. Yozilmagan kiyinish qoidalariga rioya qilish lozim: vazminlik, ko‘zni qamashtirish va nafislik. Siz uchun yangi yil bazmiga mos bir nechta libos variantlarini tayyorladik.

Foto: SPOTLIGHT / Victoria Beckham
Kokteyl ko‘ylagi
Bu midi uzunlikdagi universal variant. Belning ta’kidlangan chizig‘i, ochiq orqa yoki kesim nafislik ohangini beradi. Bichim yoki yenglarning nosimmetrikligi, shuningdek, baland yoqa ko‘rinishni yanada qiziqarli qiladi. Eng muhimi, me’yorni saqlash kerak.

Foto: SPOTLIGHT / Cromartie

Foto: SPOTLIGHT / Bottega Veneta

Foto: SPOTLIGHT / Mithridate
Shim kostyumi
Atlas tafsilotlar bilan to‘ldirilgan klassik baxmal kostyum nozik va vazmin ko‘rinish yaratadi, uni belga o‘tiruvchi jaket yumshatishga yordam beradi. To‘rli pastki qatlam yoki bo‘yinbog‘li ko‘ylak kostyumni to‘ldiradi. Agar lentalarni orqaga tashlasangiz, kuz-qish mavsumi trendining mujassamini hosil qilasiz. Kichik klatch va sodda tuflilari yoki botilonlar ko‘rinishidagi nafis aksessuarlar bayramona obrazni yakunlaydi.

Foto: SPOTLIGHT / Vautrait

Foto: SPOTLIGHT / Victoria Beckham

Foto: SPOTLIGHT / Marina Bitu
Payetkalar
Payetkalar bayram mavsumida juda dolzarb. Mayda yoki yirik yaltiroqlar bilan bezatilgan ko‘ylaklar, yubkalar, shimlar, toplar “mermaid-core” uslubini eslatadi. Ularni oddiy oq ko‘ylak yoki issiq sviter bilan uyg‘unlashtirish kerak. Barqaror poshnali uzun etiklar issiq tutadi va nafislik baxsh etadi.

Foto: SPOTLIGHT / Givenchy

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior
Hamkasblar bilan yangi yil bazmi – bu go‘zallik va o‘rinlilik o‘rtasidagi muvozanatni topish kerak bo‘lgan tadbir. Yangi 2025-yilni qaysi rangda kutib olish haqida bu yerda aytib o‘tdik.