Baxt uchun to‘qilgan sumkalar
2024-yilning yozida rafiya sumkalarini olib yuramiz
Ta’kidlash joizki, odatda yozda javonlarimizdan to‘qima sumkalar o‘rin egallaydi. Ular rafiya (palma barglaridan tayyorlangan sumkalar uchun iplar)dan ham, qamish yoki jutdan ham tayyorlanadi. Ba’zilar ularni faqat dam olish paytida ishlatishadi, boshqalar esa ular bilan kundalik shahar obrazlarini boyitishni afzal ko‘rishadi. Shu bilan birgalikda bu ajoyib sumkalar yordamida obrazlariga yozgi kayfiyat shukuhini kiritishadi. Qamishli sumkalarni murakkab va noqulay bo‘lib tuyulgani uchun uni chetlab o‘tadiganlar ham topiladi.
Bu kabi aksessuarlar kamtarona ko‘rinishga ega. Bunday sumkalar universal, chunki ular romantik ko‘ylaklarni boyitishga, jinsi va futbolkalardan yoki klassik kostyum-shimlardan iborat odatiy kombolarni xilma-xil qilishga qodir. 60-yillarning oxirida Jeyn Birkin to‘qima savatlarni o‘z obrazlarida tatbiq etib, ularni yangilab, yanada yorqinlashtiradi.
Agar an’anaviy to‘qish hali ham siz uchun “too much” bo‘lib tuyulsa, Bottega Veneta kolleksiyasiga e’tiboringizni qarating – Mate Blazi parusina matolariga murojaat qildi. Prada va Ferragamo ham unga ergashdi. Bunday sumkalar to‘rli yubkalar yoki zig‘ir matosidan tikilgan kiyimlarga mos qo‘shimcha bo‘la oladi.
Sumkalarning yozgi variantlarini chinakamiga turli xil kalit zanjirlar bilan to‘ldirish mumkin. Chig‘anoqlar, munchoq shodalari, ilgak bilan to‘qilgan rezavor mevalar va gullar ham yordamga keladi.
ELLE moda haftaliklarida namoyish etilgan to‘qima sumkali obrazlarning bir nechta namunalarini to‘pladi.