Yuzni tonusda saqlash: tabiiy yosharish siri
Yuz uchun fitness – go‘zallik parvarishining yangi bosqichi

Zamonaviy go‘zallik olamida feysfitnes tobora ommalashib bormoqda. Bu usul inyeksiyalar va jarrohliksiz yuzning yoshligi va tarovatini saqlab qolish imkonini beradi. Sport zalidagi mashg‘ulotlar kabi maxsus mashqlar yuz mushaklarini tetiklashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni to‘g‘rilaydi.
Feysfitnes asosi: u qanday ishlaydi?
Feysfitnes – yuz mushaklari faoliyatini normallashtirish, ularni mustahkamlash va teri elastikligini oshirishga qaratilgan mashqlar majmuasi. Mashg‘ulotlarga kirishishdan avval o‘z morfotipingizni aniqlash va mos mashqlar dasturini tanlash muhim. Ularni kundalik parvarishga kiritish oson: kuniga bir necha daqiqa vaqt ajratib, qo‘llar yoki byuti-gadjetlar yordamida oyna oldida harakatlarni bajarish kifoya. So‘nggi usul ko‘proq massaj texnikalariga o‘xshaydi va to‘qimalarni bo‘shashtiradi.
Feysfitnes mimik ajinlarni kamaytiradi, yuz ovalini yaxshilaydi, shishlarni yo‘qotadi va nigohni yanada ochiq hamda yorqin qiladi. Eng muhimi, muntazamlikka rioya qilish va mashqlarni to‘g‘ri bajarishdir.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik
Mashg‘ulotlardan oldin qulay sharoit yaratish lozim: ko‘zgu texnikani nazorat qilishga va zarur bo‘lganda harakatlarni to‘g‘rilashga yordam beradi, makiyajsiz toza teri esa mushaklarni maksimal darajada samarali ishlashiga imkon beradi. Qo‘shimcha namlash uchun yengil zardob yoki krem surtish mumkin.
Yuz uchun eng samarali 3 ta mashq
1. Peshona mashqi

fotо: Regina Viner
Ta’siri: gorizontal ajinlarni kamaytiradi, qovoqlar osilishining oldini oladi.
- Barmoqlaringizni bir-biriga kiritib, peshonangizga qo‘ying.
- Kaftlarning pastki qismi chakkalarga zich tegib turishi kerak.
- Tepaga qarang va hayratlanayotgandek qoshlaringizni yuqoriga ko‘tarishga harakat qiling.
- Peshona sohasidagi taranglikni his qiling, bir necha soniya ushlab turing.
2. Pastki qovoq uchun “V” mashqi

fotо: Regina Viner
Ta’siri: pastki qovoqni mustahkamlaydi, shishlarni kamaytiradi va ko‘z ostidagi chuqurchalarni kichraytiradi.
- O‘rta barmoqni ko‘zning ichki burchagiga, ko‘rsatkich barmoqni tashqi burchagiga qo‘ying.
- Ularni mahkam ushlab, quyoshga qarayotgandek ko‘zlaringizni qising.
- Barmoqlar ostidagi mushak qanday taranglashayotganini his qiling.
- Mashqni statik yoki dinamik tarzda bajaring.
3. Yanoq mushaklari mashqi – “O”

fotо: Regina Viner
Ta’siri: burun-lab burmalarini tekislaydi, lunj mushaklarini mustahkamlaydi, yuz rangini yaxshilaydi.
- Og‘zingizni oching va lablaringizni tor “O” harfi shaklida yumaloqlang.
- Yuqori lab yuqori tishlarni to‘liq yopishi kerak.
- Yonoqlaringizni ichkariga tortilayotgandek taranglashtirib, cho‘zing.
- Burun-lab burmalar zonasi yaxshi cho‘zilganiga e’tibor bering.
Har bir mashqni 30 marta takrorlang. Muntazam mashq qilish yuzning tabiiy yaltirashi va aniq konturini saqlashga yordam beradi. Yuz ham tana kabi g‘amxo‘rlik va mashq qilishga munosibdir.