Zargarlik buyumlari saqlab qoladigan tarix
Ideal to‘y taqinchoqlarini qanday topish mumkin?

Kelin obrazining butun bayram davomida barcha nigohlarni o‘ziga jalb qilishi bejiz emas. Ko‘pincha bu obraz bolalikdan orzu qilingan bo‘ladi: u xarakter, uslub va eng romantik sevgi ertaklarini birlashtirgan holda, orzudagi libosni tanlashda ichki yo‘lboshchiga aylanadi. Ammo to‘y modasi faqat libos va tuflilar bilan cheklanmaydi — u obrazni chinakam noyob qiladigan detallar haqida. Va to‘g‘ri tanlangan taqinchoqlar bu sehrga eng katta hissa qo‘shadi. Ushbu maqolada nafaqat obrazingizni to‘ldiradigan, balki yillar davomida oilaviy meros sifatida saqlanib qoladigan taqinchoqlarni qanday tanlash haqida so‘z yuritamiz.
Siluet me’morchiligi
Zargarlik buyumlari – bu sizning uslubingiz, energiyangiz va hattoki "me’morchiligingiz"ning aksidir! Ha, aynan tana tuzilishi to‘g‘ri tanlov qilishda muhim ahamiyatga ega. Yuz shakli, gavda proporsiyasi va hatto modadagi “temperament”ingiz sizni yoritadigan yoki aksincha, sizni bosib ketadigan taqinchoqlarni aniqlaydi.
Mayda gavdali kelinlar uchun nozik zanjirchalar va oddiy puset sirg‘alar eng mos keladi. Yorqinroq, to‘ladan kelgan kelinlar esa dekolte zonasida yirik taqinchoqlarni tanlaganlari ma’qul — ular gavda proporsiyasini muvozanatlashtiradi.

fotо: instagram \ @thewed
Yuz shakli ham katta ahamiyatga ega:
- Oval yuz egalari deyarli barcha turdagi taqinchoqlarni taqa oladilar — ayniqsa osma sirg‘alar, halqali sirg‘alar, pusetlar, chokar va har qanday uzunlikdagi taqinchoqlar mos keladi.
- Dumaloq yuzli kelinlar yuzni vizual tarzda cho‘zishlari kerak. Buning uchun halqali yoki doira shaklidagi sirg‘alar o‘rniga uzun zanjirli sirg‘alar, vertikal chiziqli dizaynlar, V shaklidagi marjonlar yoki ingichka zanjirdagi kulonlarni tanlash tavsiya etiladi.
- Kvadrat yuz shaklida, vazifa — keskin burchaklarni yumshatish va silliqlik qo‘shish. Buning uchun yumaloq shakldagi osma sirg‘alar, aylana elementlar va oval kulonlar mos keladi.
- Uchburchak yoki yurak shaklidagi yuzlar (tor iyak, keng peshona) — pastki qismini vizual tarzda muvozanatlashtirish kerak. Kengayib boruvchi osma sirg‘alar, lyustra uslubidagi sirg‘alar va o‘rtacha uzunlikdagi marjonlar ideal tanlov bo‘ladi.

fotо: instagram \ @thewed
Mavsum trendlari
2025-yilgi to‘y taqinchoqlarida detallarga e’tibor va ramziy ma’nolar ustuvor bo‘lmoqda. Astroloiya, oy va quyosh, yuraklar, Cupid kamonlari, vintage kalitlar va kristallar — zamonaviy kelinlar chiroyli bo‘lish bilan birga ma’noga ega bo‘lgan taqinchoqlarni tanlayapti. Bunday buyumlar obrazning oddiy qismi emas, balki esdalik uchun mo‘ljallangan talismanga aylanmoqda.
Yana bir doimiy trend — marvarid. Bu kelin ramzi bo‘lib, terida she’r kabi ko‘rinadi. U poklik va ayollik timsoli sifatida qadrlanadi. Ayniqsa barokko marvaridi — o‘zining g‘ayrioddiy shakllari, yorqinligi va tabiiy egri chiziqlari bilan alohida ahamiyatga ega.

foto: instagram \ @millanova
В предсвадебных покупках хочется не только приобрести вещи на один вечер, но и суметь сохранить их экологичность, носибельность и уникальность. Это визуальный язык любви и символ вечности, поэтому в вопросах украшений часто предпочитают драгоценности, которые в последующем станут семейной реликвией и незаменимым аксессуаром в свадьбах будущих поколений. Пусть ваш образ будет дополнен особенными элементами, которые сумеют передать вашу историю без слов.