10 ta g‘oya: yozda foydali ovqatlanish uchun

Qo‘l ostimizdagi mahsulotlarni did bilan tayyorlaymiz

Yozda yengil, mazali va tez tayyorlanadigan taomni yeyishni xohlaymiz. Bizning foydali taomlardan iborat taomnomamiz har kunlik ratsioningizni rang-barang va qiziqarli qiladi. Bon Appetit! 

Vitaminli smuzi 

Yoz – meva va rezavorlar mavsumi. Demakki, turli smuzilarni tayyorlash uchun ayni mos palla. Smuziga meva  va rezavorlar bilan birga sabzavot va ko‘katlarni ham ishlatsa bo‘ladi. Ichimlik retsepti juda oddiy: mahsulotlarga suv yoki sut qo‘shib, blenderda aralashtirilsa kifoya. Biz aynan o‘zingizga mos aralashmani topish uchun turli taʼmli smuzilarni tatib ko‘rishni tavsiya etamiz. 

Qotirilgan nondan buterbrod

To‘yimli yemakni yaxshi ko‘ruvchilar uchun mazali va kam kaloriyali buterbrod retseptini taklif qilamiz. Buning uchun ingichka qilib qotirilgan non, sariyog‘li yoki tvorogli pishloq, sevimli sabzavotlar, ko‘katlar va xohishga qarab dudlangan go‘sht bo‘laklari kerak bo‘ladi. Pomidor, bodring, avokado, shpinat, yalpiz, rukkola va b. Shirin taʼmli qilish ham mumkin – masalan, yong‘oqli pasta, ustiga asal quyilgan qulupnay yoki banan bilan.  

Grekcha yogurtdagi yong‘oq

Yong‘oq – yog‘, oqsil va kletchatka manbai, grekcha yogurt esa – soch va teri uchun zarur turli mikro- va makroelementlarga boy. Yanada lazzatli taʼm uchun yong‘oqlarni oldindan quruq tovada qovurib olish mumkin. Natijada kuchliroq va ziravorlar taʼmini beradi. 

Dolchin va asal qo‘shib pishirilgan olma 

Noodatiy usulda pishirilgan olma retsepti ratsioningizni boyitadi. Olmani dumaloq, bo‘laklar shaklida kesing yoki yirik holda ustidan asal bilan dolchin seping. Gaz pechida 180 darajada 10-20 daqiqa pishiring. Dolchin ayollar organizmi uchun juda muhim – u antioksidant va antidepressiv taʼsir ko‘rsatadi, immunitetni mustahkamlaydi va asabiylikni ketkazadi.

Rezavor mevali tvorog 

Bunday yemak issiq yoz uchun aʼlo taklif, chunki uni isteʼmol qilgandan so‘ng anchagacha to‘q yurasiz. Uning ustiga qarishni kechiktiradigan ko‘p miqdordagi aminokislotalar va antioksidantlarga ega bo‘lasiz. Har qanday tvorogni yangi rezavorlar bilan aralashtiring, taʼbga ko‘ra asal qo‘shish mumkin. Tayyor!

Mevali sorbet 

Sorbet – bu meva sharbati yoki pyuresi asosida tayyorlangan muzlatilgan desert. Uni uyda tayyorlash oson. Blenderda mevalarni biroz miqdorda suv bilan yaxshilab maydalang. Asal yoki oldindan suvda eritilgan shakar/steviyani qo‘shing. Sovitkichga 12 soatga qo‘yiladigan mevali massani har soatda aralashtirib turish kerak. So‘ngra sorbetni takroran blenderda aralashtirib, turli qoliplarga soling. Muzlatgichda 1-2 soat, to‘liq qotguncha turadi.   

Xumusli qarsildoq sabzavotlar 

Sabzavotlarda ko‘p miqdorda vitaminlar va kletchatka bor, ular ayniqsa, yozda kerak. Xumus no‘xat, zaytun yog‘i va sarimsoqdan tayyorlanadi. Bunday qayla “qarsildoq” sabzavotlar – bodring, bulg‘or qalampiri, sabzi kabilar bilan juda yaxshi aralashadi. Agar sizga xumus yoqmasa, smetanali qayla tayyorlashni taklif qilamiz. Buning uchun smetanaga sarimsoqli tuz qo‘shish yoki dip-qaylalar uchun maxsus gurman ziravorlar aralashmasini xarid qilish kerak. Bunday qayla asosida – piyoz, petrushka va sarimsoq bo‘ladi.   

Tuxumdan tayyorlangan maffinlar 

Tuxumni sut yoki qaymoq bilan aralashtirib, tuz va murch qo‘shish kerak. Nachinkasiga sevimli go‘shtli mahsulotlar, sabzavotlar, ko‘katlar va pishloqni tanlash mumkin. Nachinkani maffin qolipiga solib, ustidan tuxumli aralashmani quying. 20 daqiqa 180 darajada pishiring. Maffinlar sovishini kuting, yoqimli ishtaha! 

Proteinli sharchalar

Mazali sharchalarni tayyorlash uchun banan, suli, xurmo, chinor siropi yoki asal, yong‘oq pastasi va dolchin kerak bo‘ladi. Mahsulotlarni blenderda aralashtiring. So‘ngra kichik sharchalarni yasang va sovitkichga joylang. Sport bilan shug‘ullanadiganlar protein kukunini qo‘shishi mumkin – bunday holda murabbiy bilan maslahatlashish zarur. 

Mevali chipslar

Tabiiy mahsulotlardan shirin va mazali sneklar. Sevimli mevalaringizni ingichka slayslar ko‘rinishida kesing. Har bir tomonini 10 daqiqadan 180 darajada pishirib oling. Xohishga qarab, qarsildoq chipslarga dolchin sepish mumkin. Mazali va oddiy!   

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin