2024-yilning yozi uchun eng zamonaviy sumkalar
To‘qilgan, tekis, kamarli va qattiq tutqichli
Aksessuarlar va sumka tufayli hatto eng oddiy ko‘rinish ham yangi ranglar bilan porlashi mumkin. Eng oxirida tanlangan predmet tasvirga asosiy urg‘u berib, umumiy ko‘rinish uchun betakror jilo beradi. 2024-yil yoz mavsumida albatta e’tibor beradigan narsa bor.
Klatch
Ha, ular qaytib kelishdi! Katta klatchlar mavsumning har bir tendensiyasidan ustun keldi. Endi bu nafaqat kechki tadbirlarning ko‘rkam aksessuari, balki doimiy kundalik buyumga ham aylandi. Va asosiy mezon: klatch kun davomida kerakli bo‘lgan hamma narsani o‘z ichiga sig‘dira olishi kerak. Agar siz bunday sumkani sotib olishni isamasangiz, unda o‘zingizda borini yelka kamarlarini yechgan holda ishlatishingiz mumkin.
Bilaguzuk-sumkalar
Bir vaqtning o‘zida ikkita muammoni hal qiladigan sumka - bu chinakam orzu emasmi? Dizaynerlar bilaguzuk-sumkalarini yaratdilar, ularning tutqichlari haqiqatan ham aksessuarga o‘xshaydi. Ya’ni buyumga asosiy urg‘uni berayotgan tutqich - zanjir, kamar yoki katta halqadan iborat bo‘lishi mumkin. Uni bilagingizga taqing va eng ko‘rkam ayolga aylaning.
Makrame
Agar ta’til hali yaqinlashmagan bo‘lsa, unda sohil bo‘yi va dengizda to‘liq hordiq chiqarishni rejalashtirgan holda, makrame texnikasidan foydalanib tayyorlangan sumka bilan kayfiyatingizni ko‘tarish vaqti keldi! Ushbu sumka poshnasiz tagi tekis poyabzal yoki past poshnali sohil shippaklari bilan juda mos tushadi. 70-yillar uslubidagi zig‘ir matoli nimchalar yoki trapetsiyasimon ko‘ylaklar ko‘rinishingizni yanada boyitadi.
Tekis sumkalar
Ushbu sumkalar mato xarid qilish paketlari yoki biznes papkalariga o‘xshaydi. Ular turli o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin, lekin eng mashhurlari telefon o‘lchamidagilardir. Teridan yoki o‘xshash matolardan tikilgan, payetlar bilan bezak berilgan bunday sumkalar - kostyumlar yoki silliq ko‘ylaklar, jinsi shimlar va futbolkalar yoki yengil yozgi sarafanlardagi ko‘rinishingizni osongina to‘ldiradigan yorqin aksessuar hisoblanadi.
Kosmetik sumkalar
Ular faqat kosmetika yoki zargarlik buyumlarini tashish uchun mo‘ljallangan qutilarga o‘xshaydi, lekin aslida mustaqil aksessuarlar hisoblanadi. Dizaynerlar kosmetik sumkalar uchun, asosan, jinsili, tvidli, yaltiroq toshlar bilan bezatilgan yoki sun’iy teridan ishlangan variantlarni taklif qilishadi. Ko‘pincha bunday modellar kichik o‘lchamlardagi hamyonni eslatadi - ular karta qopchasi, lab bo‘yog‘i va uy yoki avtomobil kalitlarini bemalol ichiga sig‘dira oladi.
Fantaziyali
Yurak shaklidagi Alaïa sumkalari endi hech kimni ajablantirmaydi. Shuning uchun, uzun tutqichli bagetlarni yoki qattiq, assimetrik modellarni, bantli, har qanday kalit halqalar, tasmalar, marvaridlar va zanjirlar bilan osilgan variantlarni batafsil ko‘rib chiqing.