Nike va Jacquemus birgalikda pop-up makonini ochdi

Butik sport kiyinish xonasi uslubida bezatilgan

Fotо: Instagram / Hypebeast

Nike va Jacquemus brendlari pop-up makonini ochib, hamkorlikning chiqishini nishonladi. Butik oq-qizil unsurlar bilan sport kiyinish xonasi uslubida bezatilgan.

 

Pop-ap brendlarning ulkan logotiplari, proteinli shishalar, gantellar va arg‘amchilar bilan bezatildi. U yerda Le Swoosh sumkasidan ilhomlangan Swoosh shaklidagi haykallar, sport anjomlari, aksessuarlar va yangi to‘plamdagi boshqa buyumlar ham taqdim etilgan.

Do‘kon Londondagi "Selfridges" univermagida 12-avgustgacha ochiq boʻladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles