O‘zbekiston ayollar shaxmat terma jamoasi turkiy davlatlar o‘rtasidagi chempionatda uchinchi o‘rinni egalladi
13–17-may kunlari Qozog‘istonda turkiy davlatlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jamoaviy chempionat bo‘lib o‘tdi. Turnirda olti mamlakatdan 70 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 8 ochko bilan yakunlab, uchinchi o‘rinni egalladi va 4 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Jamoa a’zolari individual taxtalarda ham yuqori natijalar ko‘rsatdi. Afruza Hamdamova o‘z taxtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi, Umida Omonova va Madinabonu Xalilova kumush medallarga sazovor bo‘ldi, Guldona Karimova esa bronza medalini oldi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi turnirni to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. Saidakbar Saidaliev to‘rtinchi taxtada kumush medalni qo‘lga kiritdi.