Dizaynerlarning oltita mashhur g‘oyasi

Ular ayollar hayotini o‘zgartirdilar

31 Iyul 2024
ФОТО: SPOTLIGHT

Ayollar modasi asta-sekinlik bilan rivojlandi, ammo bu yo‘lda zamonaviy idrokni o‘zgartiradigan fikrlar yetarlicha edi. Turnyurli ko‘ylaklar (ko‘ylakning orqa qismiga kichkina yostiqchalar qo‘yilgan) o‘rnini yildan yilga kaltalashib borgan yubkalar egalladi. Bunday obrazlar uzun qo‘lqoplar (perchatki) va soyabonlar bilan to‘ldirildi. Undan keyin esa ayollar qomatni bildirmaydigan keng ko‘ylaklar kiyishga va o‘smir bolalarga o‘xshashga qaror qilishdi. Ammo keyinchalik Gollivud yulduzlari sharofati bilan modaga yana nafis va maftunkor liboslar qaytdi.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Kostyum-shimlar va zanjirli sumkalar

Gabriel Chanel butun dunyo ayol-qizlariga shim kiyish va qo‘llarni hamyondan ozod qilish imkonini berdi. Oddiylikka bo‘lgan muhabbati sabab, u odatdagi yubkalarni anchayin qulay va keng shimlarga almashtirishga qaror qildi. O‘sha paytdan boshlab, shimlar kabi qavilgan zanjirli sumkalar ayollar obrazidan joy egalladi va Chanel garderobining ajralmas qismiga va ramziga aylandi.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Oversize

Shimlar kiyish odatiy holga aylanganda, Vivienne Westwood kiyimlarning chokini tashqariga chiqarib tikishga va ularni zanjirlar va to‘g‘nag‘ichlar bilan bezash uslubini yo‘lga qo‘ydi. Uning kolleksiyasida ana shunday oversizelar sevimli ekani kuzatilgan.

Foto: SPOTLIGHT / Westwood

Nafis jaket

Xipcha bel, hashamatli yubka va kichik dumaloq yelkalar – bu Christian Dior yaratgan nafis va jozibador New Look siymosidir. Dizayner ayollarga o‘zlarini yanada maftunkor va nozik his qilishlarini taklif qildi. U ayollar vaqtlarini barlarda o‘tkazishlari uchun atlas matosidan jaket yaratdi. New Look uslubining ideal ramzi sifatida “Bar jaketi” nomi ham shundan kelib chiqqan.

Foto: SPOTLIGHT / Dior

Legginslar

Gianni Versace ayollarga legginslarni sport zalidan tashqarida kiyish taklifini bergan birinchi dizayner hisoblanadi. Hozirgi kunda, legginslarni katta pidjaklar, xudi va oversayz-futbolkalar bilan birga kiyishni boshlashdi. Ammo Versace zamonida buni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Ularni “ehtiros” va “ochiqlik” so‘zlari boshqargan. Shuning uchun uning to‘plamlarida tor kiyimlar, dekolte va shpilka (ingichka baland poshnali) tuflilar paydo bo‘ldi.

Foto: SPOTLIGHT / Versace

Belyevoy uslubi

Jean-Paul Gaultier 80-90-yillarning tendensiyalarini boshqargan. Madonna o‘zining chiqishlaridan biriga kiygan ipak korset moda sanoati doirasidagilar uchun shov-shuvga aylandi. Bu esa ichki kiyim uslubining boshlanish nuqtasi bo‘lib xizmat qildi. Shundan keyin qorinni ochuvchi yubkalar, ichki kiyimni eslatuvchi, qomatni bildiruvchi tor ko‘ylaklar, kalta maykalar (krop-top) paydo bo‘ldi. 2024-yilda ham bu tendensiya o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.

Foto: SPOTLIGHT / Jean Paul Gaultier

Maqolani baham ko'ring

Related articles