Qaymoq rang qora rang o‘rnini egallamoqda
Qum, bugʻdoy va tozalangan bodom rangi
Qaymoq rangi garderobda “baza” kiyimlar safidan mustahkam joy egallaydi. Keng koʻlamli, tabiiy hamda o‘ziga xos: boshqa ranglar bilan ham, monoxrom ijroda ham ajoyib ko‘rinadi.
Nafislik rangi
Qaymoq rangi – ehtiros va bachkanaliklarsiz nafislik, tabiiylik va soddalikni ifoda etadi. Fransuz tilidan “beige” - “tabiiy oqartirilmagan yung” degan ma’noni bildiradi. Tabiatga yaqinlik bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ham shundan kelib chiqadi. Ushbu rangni “rustic”, “safari”, “country” kabi kiyim uslublarida tez-tez uchratish mumkin.
Ham ziyofatda, ham kundalik hayotda
Kamtarona va ixcham qaymoq rangini ham “baza” kiyim sifatida kudalik hayotda, ham bashang liboslar ijrosida oqshomgi obraz sifatida ishlatish mumkin. Kundalik hayotda bu klassika yoki zigʻir matosidan boʻlgan qulay kiyimlar boʻlishi mumkin. Oqshom koʻrinishi uchun uni tilla yoki yorqin bezaklar bilan uygʻunlashtirish ayni muddao boʻladi.
Omadli tanlov
Yillar mobaynida nyud trendi kiyinish uslubida yetakchi boʻlib kelmoqda. Nyud monoxromi obraz tanlashda har doim eng muvaffaqiyatli tanlov boʻlib qoladi.