Qaymoq rang qora rang o‘rnini egallamoqda

Qum, bugʻdoy va tozalangan bodom rangi

02 Avg 2024
Foto: SPOTLIGHT

Qaymoq rangi garderobda “baza” kiyimlar safidan mustahkam joy egallaydi. Keng koʻlamli, tabiiy hamda o‘ziga xos: boshqa ranglar bilan ham, monoxrom ijroda ham ajoyib ko‘rinadi.

Foto: SPOTLIGHT / Zuhair Murad

Nafislik rangi

Qaymoq rangi – ehtiros va bachkanaliklarsiz nafislik, tabiiylik va soddalikni ifoda etadi. Fransuz tilidan “beige” – “tabiiy oqartirilmagan yung” degan ma’noni bildiradi. Tabiatga yaqinlik bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ham shundan kelib chiqadi. Ushbu rangni “rustic”, “safari”, “country” kabi kiyim uslublarida tez-tez uchratish mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Philosophy by Alberta Ferretti

Ham ziyofatda, ham kundalik hayotda

Kamtarona va ixcham qaymoq rangini ham “baza” kiyim sifatida kudalik hayotda, ham bashang liboslar ijrosida oqshomgi obraz sifatida ishlatish mumkin. Kundalik hayotda bu klassika yoki zigʻir matosidan boʻlgan qulay kiyimlar boʻlishi mumkin. Oqshom koʻrinishi uchun uni tilla yoki yorqin bezaklar bilan uygʻunlashtirish ayni muddao boʻladi.

Foto: SPOTLIGHT / Jacquemus

Omadli tanlov

Yillar mobaynida nyud trendi kiyinish uslubida yetakchi boʻlib kelmoqda. Nyud monoxromi obraz tanlashda har doim eng muvaffaqiyatli tanlov boʻlib qoladi.

Foto: SPOTLIGHT / Max Mara

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin