Britaniya moda kengashi «Yil dizayneri» mukofoti nomzodlarini e’lon qildi
Taqdirlash marosimi 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi
Britaniya moda kengashi The Fashion Awards – “Yil dizayneri” nominatsiyasi uchun g‘oliblikka nomzodlarni e’lon qildi. Ular orasida John Galliano, Miuccia Prada, Pieter Mulier, Chemena Kamali, Rick Owens va Jonathan Anderson bor.
Kengash, shuningdek, ta’siri podiumdan tashqariga chiqadigan modellar uchun beriladigan "Yil modeli" nominatsiyasiga ham nomzodlarni e’lon qildi. Ular orasida Alex Consani, Anok Yai va Amelia Grey kabi modellar bor.
Taqdirlash marosimi 2-dekabr kuni Londondagi Albert-xollda bo‘lib o‘tadi.