Kim Jones ilk marta avtomobil dizaynini ishlab chiqdi

Xitoyning "Avatr" avtomobil kompaniyasi bilan hamkorlikda

Fotо: Instagram / Kimjonesstudio

Dior Homme va Fendi ayollar yo‘nalishining ijodiy direktori Kim Jones o‘z faoliyatida birinchi marta avtomobil dizaynini yaratdi. U bu ishni Xitoyning “Avatr” avtomobil kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirdi. 

Avatr 012 modeli yaltiroq metall qoplamali eksklyuziv Liquid Silver tusiga bo‘yalgan. Avtomobil dizaynini Avatr x Kim Jones imzoli yangi disklar to‘plami to‘ldirdi. 

 

Xitoyning Avatr 012 elektromobillarining cheklangan seriyasi butun dunyo bo‘ylab atigi 700 dona miqdorida ishlab chiqariladi. Har bir xarid uchun Dior brendining sumkasi ham taqdim etiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles