Tom Ford yangi reklama kampaniyasini namoyish etdi

Qishki kolleksiyani modellar Fei Fei Sun, Rianne Van Rompaey va Meng Yu Qi taqdim etishdi

Fotо: Instagram / Tomford

Tom Ford 2024-yil qishki kolleksiya reklama kampaniyasini namoyish etdi. Kampaniya qiyofasi sifatida Fei Fei Sun, Rianne Van Rompaey va Meng Yu Qi ishtirok etgan. Shanxayda tasvirga olingan rolikda "benuqson garderob" tamoyili bilan birlashgan uch ayol qahramonning hikoyalari aks ettirilgan.

Yangi to‘plamni kostyumlar, shimlar, yubkalar, oqshom ko‘ylaklari, jaketlar (nimchalar) va kurtkalar to‘ldirgan. Bundan tashqari yangi poyafzal modellari va modalar uyining ramziy sumkalari namoyish etilgan.

 

2024-yil qishki kolleksiya brendning ba’zi butiklari va Tom Ford rasmiy saytida mavjud.

Maqolani baham ko'ring

Related articles