Mavsumiy klassika – olmali pirog

Butun dunyodan olmali pirogning 3 ta retsepti

Foto: Pexels

 

Olmali ishtahaochar pirogdan kim ham voz kechishi mumkin? Ayniqsa kuzda. Har bir mamlakatda ushbu mavsumiy klassikani tayyorlashning o‘ziga xos an’anaviy retseptlari mavjud. Siz ham uni fransuzlar yoki amerikaliklardek pishirib, uyingizni olmali pishiriqlarning ifori bilan to‘ldirib ko‘ring.

Normand pirogi

Foto: Pexels. Normand olma pirogi

  • 1 varaq tayyor qatlama xamir 25 sm
  • 3 yoki 4 ta olma katta-kichikligiga qarab
  • 3 ta tuxum
  • 50 g shakar upasi
  • 50 g bodom uni
  • 30 g un
  • 20 ml qaymoq
  • 1 paketcha vanil shakari
  • 1 osh qoshiq kalvados (olmali brendi)
  • bodom parchalari
  • qolipni moylash uchun qo‘shimcha sariyog‘

Dastlab duxovkani 180° gacha qizdirishdan boshlang. Qatlamali xamirni yog‘ surtilgan pirog shakliga qo‘yib, sanchqi bilan sanchib, muzlatgichga olib qo‘ying. Bu vaqtda olmalarni tozalang, mag‘zini olib tashlang va ingichka bo‘laklarga bo‘ling. Hamma narsa tayyor bo‘lgach, to‘g‘ralgan olmalarni xamir to‘shalgan qolipga soling.

Idishda shakar upasi va vanil shakari solingan tuxumlarni aralashma och sariq rangga kirguncha asta-sekin ko‘pirtiring. Elangan un, qaymoq, bodom uni va bir osh qoshiq kalvados qo‘shib, bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtiring.

Olmani aralashma bilan qorishtiring, bodom parchalari seping va duxovkada 180° da 30 daqiqa pishirib oling.

Pirogni hali issiqligida dasturxonga torting - bunday pishiriq yanada mazaliroq bo‘ladi!

Tart Taten. Fransuz klassikasi - to‘ntarilgan pirog.

Foto: iStock.Tarte tartin, fransuz klassikasi - to‘ntarilgan pirog

Xamir:
  • Un 250 g
  • 100 g sariyog‘
  • Tuxum 1 dona.
  • Shakar 2 osh qoshiq
  • bir chimdim tuz
Karamel:
  • Shakar 100 g
  • Olxo‘ri moyi 40 g
  • Suv 2 litr
Masallig`i:
  • 1,2 kg olma
  • 30 g sariyog‘
  • Dolchin 1 ch. q.

Tart Taten eng mashhur frantsuz shirinliklaridan biridir. Ushbu to‘nkarilgan pirog juda tez tayyorlanadi va uning asosi sifatida olma, nok, shaftoli, olxo‘ri va boshqa mevalardan foydalanish mumkin. Bug‘doy uni uvoq hosil bo‘lguncha sariyog‘ bilan ezing. Shakar upasi va tuxum qo‘shib, xamir qoramiz.

Tayyor xamirni sovuq joyga 30 daqiqaga qo‘yamiz. Olmalarni yuvib tozalang va mayda bo‘laklarga bo‘ling. Keyin karamel tayyorlang. Buning uchun kastryulkada sariyog‘ni eritib, suv va shakar qo‘shing. Doimo aralashtirib, shakar to‘liq eriguncha pishirish kerak. Shakar erigandan so‘ng, olovni kuchliroq ko‘taring va karamel qorong‘ilashmaguncha aralashtirmang. Karamelni silikon shaklga quying. Mayiz va olma seping. Xamirni qatlamga aylantiring va u bilan olmalarni yoping.

Pirogning chetlarini buking va qizdirilgan duhovkada 40 daqiqa davomida qizargunicha pishirib oling. Sovuigan pirogni muzqaymoq  bilan dasturxonga torting.

Amerika olma pirogi

Foto: Pexel. Amerika olma pirogi

  • 400 g bug‘doy uni
  • 5 ta olma
  • shakar190 g
  • 2 ta tuxum
  • sariyog‘ 225 g
  • maydalangan dolchin 5 gr
  • maydalangan muskat yong‘og‘i 5 gr
  • Xona haroratidagi yog‘ va shakarni katta idishga soling va bir xil bo‘lguncha aralashtiring. 1 ta tuxum solib, aralashtiring. Keyin un qo‘shib, xamir hosil bo‘lguncha aralashtiring. Xamirni yaxshilab dumaloqlab, ikkiga bo‘lib, plyonkaga o‘rang va 45 daqiqaga sovutgichga yuboring.

Duxovkani 180º gacha qizdiring

Xamirning bir qismini ozgina un sepilgan yuzaga yoying. Xamirni pirog qolipiga soling.

Olmalarni tozalang va mayda bo‘laklarga kesing. Kesish jarayonida ularga limon sharbatini seping.

Shakar, un, muskat yong‘og‘i va dolchinni bir idishga soling. Bu aralashmani olmalarga qo‘shib, aralashtiring.

Olmalarni xamir ustiga joylashtiring.

Xamirning ikkinchi qismini yoying. Uni 0,5 sm kenglikdagi tasmachalarga bo‘lib to‘g‘rang. Olma aralashmasini shu tasmachalar bilan xohlaganingizcha yopib, chetlarini chimdib oling.

Pirog ustiga tuxum sarig‘i surting va shakar seping.

Maqolani baham ko'ring

Related articles