Loewe 2025-yil bahor-yoz mavsumining yubiley namoyishini o‘tkazdi
Klassitsizm va tantana
Jonatan Anderson Loewedagi faoliyati 10 yilligini nishonlab, bahor-yoz kolleksiyasini namoyish etdi. U siluetga e'tibor qaratdi - oqayotgan egri chiziqlar, tanadan yon tomonga siljiydigan yengil matolar. Dizayner o‘zining sevimli trompleyi hamda klassitsizm, moda realizmi va pop madaniyatini ham uyg’unlashtirdi.
Jonatan zalning o‘rtasiga Treysi Eminning san’at asarini joylashtirdi: Mo’jaz ingichka ustunga kichkina bronza qushcha qo‘ndirilgan. “Pauza vaqtida hammaning nigohini o‘ziga qaratib, bizni muqarrar parvoz va oxir-oqibat uning erkinligini tasavvur qilishga undaydi,” - deyiladi shouning press-relizida.
Kolleksiyadan patlardan yasalgan futbolkalar ham joy olgan edi. Ularga Motsart, Shopen, Bax, Van Gog kungaboqari va Mane askarlarining akslari tushirildi. Ko‘ylaklarga krinolin va yarim shaffof gul bosmalari bilan zeb berildi. Ularni loferlar, oksfordlar va baland krossovkalar bilan kiyishdi. Charm kurtkalari esa qisqartirilgan toplarni eslatardi. Sonlariga yopishgan charm shim bilan yaxshi uyg’unlashdi.
Mini-ko'ylaklar payetdan, topler esa o'rgimchak to'rini eslatuvchi patlardan iborat. Loferlarga uzun qirralar, paltolarga esa uzun etaklar berilgan. Anderson va jamoa ikkiga bo'lingan va bir g'oya ostida yig'ilgan tabiiy sayqallangan chig‘anoqlardan yasalgan sadaf paltoni namoyish qilishdi.