Metropoliten muzeyi navbatdagi ko‘rgazma mavzusini e’lon qildi
Ko‘rgazma afro-amerikaliklarning o‘ziga xosligini shakllantirishda kiyim va uslubning tutgan o‘rni haqida
Metropoliten-muzeyining liboslar instituti tomonidan navbatdagi ko’rgazmaning yangi mavzusi “Superfine: Tailoring Black Style” bo’lishi e’lon qilindi. U afro-amerikaliklarning o‘ziga xosligini shakllantirishda kiyim va uslubning ahamiyatiga bag‘ishlanadi.
Endryu Bolton rahbarligidagi ko‘rgazmaga Kolumbiya universiteti Barnard kollejining Afrika tadqiqot markazi professori Monika Miller kuratorlik qiladi.
Loyiha Monika Millerning “Moda qullari: qora dendizm va qora diasporaning o‘ziga xoslik uslubi” kitobidan ilhomlanilgan bo‘lib, unda “qora dendizm” estetik va siyosiy tushuncha sifatida belgilanadi.
2003-yildan buyon ko‘rgazma birinchi marta faqat erkaklar modasiga bag‘ishlangan bo‘ladi. Unda dendi obrazining XVIII asr san’atida paydo bo‘lishidan tortib podiumlar va kinodagi zamonaviy turlarigacha ko‘rib chiqiladi.