Louis Vuitton Londonning Xitrou aeroportida kafe ochdi

Shef oshpaz Cyril Lignac bilan hamkorlikda

Fotо: Instagram / LouisVuitton

Louis Vuitton modalar uyi bosh oshpaz Cyril Lignac bilan birgalikda Londondagi Xitrou aeroportining ikkinchi terminalida kafe ochdi. Uning yonginasida brendning «pop-up» do‘koni ham mavjud.

  

Muassasaning aerodinamik fasadini me’mor Marc Fornes ishlab chiqqan. Yangi kafe “Louis Vuitton” pishiriqlari va bosh oshpazning mualliflik taomnomasini taqdim etadi.

 

Louis Vuitton’dagi “Le Café Cyril Lignac” har kuni 05:30 dan 22:00 gacha mijozlar xizmatida bo’ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles