Chanel yangi parfyum reklamasini ko‘rsatdi
Bosh rollarda Margo Robbi va Jeykob Elordi
Chanel No. 5 parfyumeri yangi reklamasida Margo Robbi va Jeykob Elordi bosh rollarni ijro etishdi. Videoga esa italiyalik mashhur rejissyor Luka Guadagnino jalb qilindi.
Suratga olish uchun Luka interyer dizayneri Kelli Uestler qarorgohini tanladi. Uyning uslubi an’anaviylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtiradi. Dizayner uni Jeyms Bond haqidagi filmlar prodyuseri Kabbi Brokkoli oilasidan sotib olgan.
Turli xil ko‘rinishdagi Chanel No. 5 iforlarini (attorlik buyumlari, soch uchun mist va tana uchun losonlar) butiklar va brendning rasmiy veb-saytidan xarid qilish mumkin.