Fondation Cartier yangi bino maketini namoyish etdi
Bino Luvr qarshisidagi Pale-Royal maydonida joylashtiriladi
Fondation Cartier Luvr qarshisidagi Pale-Royal maydonida ochiladigan yangi inshoot maketini ko‘rsatdi. 1855-yilda qurilgan binoni ta’mirlash bilan me’mor Jan Nuvel shug‘ullanadi.
Yangi bino uch qavatni egallaydi, unda fond faoliyatining barcha yo‘nalishlari: rangtasvir va fotografiyadan tortib kino va modagacha birlashtiriladi. Muzeyda kitob do‘koni va restoran ham ochiladi.
Birinchi ko‘rgazmada so‘nggi 40 yil davomida yaratilgan umumiy kolleksiyadagi 600-700 tacha asar namoyish etiladi. Ochilish 2025-yil oxiriga rejalashtirilgan.