Schiaparelli “Qulf teshigi orqali” ko‘rgazmasini ochdi

U Xitoydagi pop-up makonida joylashgan

Fotо: Instagram / Schiaparelli

Schiaparelli brendi Xitoydagi birinchi pop-up makonida “Qulf teshigi orqali” ko‘rgazmasini ochdi.

Unda kreativ direktor Daniel Roseberry tomonidan yaratilgan aksessuarlar, zargarlik va attorlik buyumlari namoyish etiladi. Bundan tashqari, ko‘rgazmadan 2024-yil bahor-yoz va kuz-qish mavsumida tayyor kiyimlar to‘plamidan buyumlar ham joy olgan.

Brend bosh direktori Delphine Bellini’ning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazmaning g‘oyasi mehmonlarni Parijdagi Vandom maydonidagi Schiaparelli tarixiy salonlari muhitiga jalb qilishdir. Binoning o‘zi 1930-yillarda me’mor Jean-Michel Frank tomonidan ishlab chiqilgan interyerni eslatuvchi qulf teshigi shaklida ishlangan.

“Qulf teshigi orqali” ko‘rgazmasi uchun 6-noyabrgacha Shanxaydagi Plaza 66ga tashrif buyurish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles