Poodium Mirabad’da “Happy Fashion Hours” moda bazmi bo‘lib o‘tdi

Stil va trendlar diqqat markazida

22 Okt 2024
Foto PODIUM PR xizmati tomonidan taqdim etilgan

19-oktyabr kuni PODIUM Mirabad’da moda va ilhombaxsh muhitga boy tadbir bo‘lib o‘tdi. Modellar dinamik DJ-setlari ostida 2024/2025-yil kuz-qish mavsumining urfdagi kolleksiyalaridan namunalar namoyish etishdi. Stilistlar savlatlilik, vazminlik va xotirjamlikka urg‘u berishdi.

Butikning doimiy mijozlari va moda sanoati vakillari yangi to‘plamlar bilan tanishdilar, PODIUM stilistlarining maslahatlariga quloq tutdilar va o‘zlari uchun aktual pozitsiyalarni tanladilar. Tashrif buyurganlarning barchasi kundalik tashvishni unutib, fashion hamjamiyatidagi maslakdoshlari bilan yoqimli muloqotdan zavqlanardi.

“Happy Fashion Hours” bu do‘stlar va hamkasblar davrasida vaqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat, shuningdek, garderobni yangilash uchun yaxshi turtki bo‘ldi.

ELLE O‘zbekiston Fashion-muharriri PODIUM Mirabad’da Happy Fashion Hours mehmonlari bilan suhbatlashdi va kechaning eng yorqin obrazlari bilan tanishdi. Tadbirning esda qolarli lahzalarini ulashamiz!

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 12-oktyabr kuni PODIUM Broadway’da mavsumning birinchi kechasi bo‘lib o‘tgan edi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles