Chanel ilk bor qayiq poygalariga homiylik qiladi
Musobaqa “Chanel J12 Boat Race” deb nomlanadi
Ilk bora qayiqlar poygasiga homiylik qilayotgan Chanel modalar uyi Oksford va Kembrij universitetlari o‘rtaidagi o‘yinni o‘tkazadi. The Boat Race Buyuk Britaniyadagi eng qadimgi eshkak eshish poygasi hisoblanadi.
Ular yaqinda brend qayta ishlab chiqargan J12 soatlari sharafiga “Chanel J12 Boat Race” deb nomlanadi. Bu nom 1900-yillarning boshlarida J toifasidagi 12 metrli poyga yaxtalariga ishora qiladi.
Musobaqa 2025-yil 13-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.