Swarovski bayramona video-kampaniyani namoyish etdi

Bosh rollarda Ariana Grande

Fotо: Instagram / Swarovski

Swarovski zargarlik uyi Ariana Grande ishtirokidagi ilk bayramona video-kampaniya – “The Party of Dreams”ni taqdim etdi. Suratga olish ishlarini Kristian Breslauer boshqardi.

 

Qo‘shiqchi Millenia kolleksiyasiga tegishli kristallar va taqinchoqlar bilan bezatilgan kichik qora ko‘ylakda chiqish qildi. To‘plamdan shuningdek chokerlar, bilaguzuklar va boshqa buyumlar ham joy olgan.

Aksessuarlarni Swarovski brendining rasmiy veb-saytidan xarid qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles